Bolalar va o‘smirlarda metabolik sindromining zamonaviy jihatlari

Babadjanova , Faniya, Muyassar , Sultanova

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Bugungi kunda bolalar va o‘smirlar orasida metabolik sindrom (MS) tarqalishining ortib borishi global miqyosdagi dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida qaralmoqda. Ilgari faqat kattalar orasida uchraydigan ushbu patologik holat hozirgi kunda yosh avlod salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bolalik davrida noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik yetishmasligi, stress va ekologik omillar metabolik buzilishlarning erta rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar semirish, arterial gipertenziya, dislipidemiya va insulin rezistentligi holatlarining ko‘payganini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, metabolik sindrom rivojlanishida genetik moyillik bilan bir qatorda, ovqatlanish xususiyatlari, gipodinamiya va perinatal davrdagi oziqlanish buzilishlari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, homila davrida yoki erta bolalikda oziqa moddalarning yetishmovchiligi mitoxondrial faoliyatning pasayishiga, keyinchalik esa insulin sekresiyasi va yog‘ almashinuvi buzilishlariga olib keladi. Shuningdek, adenovirusli infeksiya, abdominal semirish va gormonal disbalanslar MS patogenezining muhim bo‘g‘inlari sifatida qaraladi. Zamonaviy pediatriyada MS diagnostikasi uchun yagona mezonlar tizimi hali to‘liq shakllanmagan bo‘lsa-da, IDF (2005, 2007) tavsiyalariga ko‘ra abdominal semirish asosiy diagnostik belgi sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan birga, insulin rezistentligi, dislipidemiya va arterial gipertenziya kabi laborator va klinik ko‘rsatkichlarning majmuaviy bahosi eng ishonchli yondashuv hisoblanadi. Metabolik sindromning erta aniqlanishi, xavf omillarini bartaraf etish va bolalikdan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kelajakda yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tur diabet va boshqa xronik patologiyalarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, ushbu sindromning patogenezini chuqur o‘rganish, erta diagnostika mezonlarini takomillashtirish hamda samarali profilaktik strategiyalarni ishlab chiqish zamonaviy pediatriyaning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBabadjanova , Faniya, Muyassar , Sultanova
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
NashriyotТТА Урганч филиали
ISSN3093-8740, 2012-2021
Nashr sanasi2026-02-16
Jild1
Son1
Betlar67-72
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

metabolik sindrom, bolalar, o‘smirlar, semirish, insulin rezistentligi

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APABabadjanova , Faniya, & Muyassar , Sultanova (2026). BOLALAR VA O‘SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 1(1), 67-72. http://journal.urdti.uz/index/article/view/332
GOST (OAK)Babadjanova , Faniya, Muyassar , Sultanova BOLALAR VA O‘SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. – 2026. – T. 1, № 1. – B. 67-72.
MLABabadjanova , Faniya, and Muyassar , Sultanova. “BOLALAR VA O‘SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 1(1), 67-72, 2026. http://journal.urdti.uz/index/article/view/332
ChicagoBabadjanova , Faniya, and Muyassar , Sultanova. “BOLALAR VA O‘SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 1(1), 67-72 (2026). http://journal.urdti.uz/index/article/view/332
HarvardBabadjanova , Faniya, and Muyassar , Sultanova (2026) ‘BOLALAR VA O‘SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI’, Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 1(1), 67-72. http://journal.urdti.uz/index/article/view/332
BibTeX
@article{babadjanovafaniya2026,
  title = {BOLALAR VA O‘SMIRLARDA METABOLIK SINDROMINING ZAMONAVIY JIHATLARI},
  author = {Babadjanova , Faniya and Muyassar , Sultanova},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year = {2026},
  volume = {1},
  number = {1},
  pages = {67-72},
  url = {http://journal.urdti.uz/index/article/view/332}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Babadjanova , Faniya — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari