Ushbu maqolada zaytun o‘simligida uchraydigan zaytun meva pashshasi (Bactrocera oleae Rossi) zararkunan- dasining tarqalishi, rivojlanishi va zarari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Xorijiy adabiyotar tahlil qilinganda, zaytun meva pashshasi eng xavfli zararkunanda ekanligi qayd etildi. Kalit so‘zlar: zaytun o‘simligi, zaytun meva pashshasi, B. oleae, rivojlanishi, lichinka, tuxum, g‘umbak, tarqalishi, zarari, harorat. Аннотaция. В статье представлены сведения о распространении, развитии и повреждении вредителя оливковой плодовой мухи (Bactrocera oleae Rossi) на растении оливы. При анализе зарубежной литературы отмечено, что оливковая плодовая мушка является наиболее опасным вредителем.
| Mualliflar | X.BURIEV, Y.TOSHEVA, S.ABDULLAYEV, B.DJABBOROV |
|---|---|
| Jurnal | Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) |
| Nashriyot | «Ўзагрокимёҳимоя» АЖ |
| ISSN | 2181-8150 |
| Nashr sanasi | 2026-04-01 |
| Son | 5 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Qishloq xo‘jaligi |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-26 |
olive plant, olive fruit fly, B. oleae, development, larva, egg, fungus, spread, damage, temperature. UO‘T: 632:632.914. 634.1 Kirish. Zaytun yog‘i dunyoda eng qimmatli va foydali yog’ hisoblanadi. Zaytun nisbatan issiq va dengizbo‘yi davlatlarida yetishtiriladi. Ammo seleksiya natijasida sovuq iqlimga chidamli navlar ham yaratilmoqda. Jumladan, ispaniyalik seleksioner olimlar tomonidan yaratilgan zaytunning “Orbikina” navi –22°C sovuqqa chidamli bo‘lib, asosan, yog‘ olish uchun o‘stiriladi. 2022-yilda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 50 gektar maydonda “Orbikina” navidan respublikamizdagi birinchi zaytun plantatsiyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining hududlarida zaytun bog‘lari barpo etilmoqda. Zaytun (Olea europaea L.) o‘simligi qurg’oqchilikka chidamli, sovuq va yuqori haroratga nisbatan chidamsiz hisoblanadi. Garchi deyarli faqat O’rta Yer dengizi iqlimi sharoitida yetishtirilgan bo’lsa- da, zaytun bog’larini juda chekka hududlarda ham uchratish mumkin. Harorat –8°C zaytunga zarar yetkazadi va yillik yog’in miqdori 350 mm bo’lgan qurg’oqchil hududlarda yetishtirish mumkin [1]. Biroq respublika hududlarida yetishtirilayotgan zaytunzorlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun zaytun daraxtida uchraydigan zararkunandalardan himoya qilish dolzarb vazifalardan biridir. Zaytun daraxtida 255 dan ortiq zararli organizmlar (kasallik, zararkunanda, nematoda) uchraydi. Ularning yarmiga yaqini zararkunandalar, qolganlari esa kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlardir. Biroq, ularning faqat kichik bir qismi zaytun daraxtiga iqtisodiy zarar yetkazadi. Zararli organizmlar ta’sirida 30% zaytun hosili yo’qotilishi mumkin [4]. Zaytun o’simligida eng xavfli zararkunanda zaytun meva pashshasi – Bactrocera oleae Rossi hisoblanadi. Ushbu zararkunanda Diptera turkumi, Tephritidae oilasiga mansub turdir [3, 5]. Taxminlarga ko’ra, zaytun pashshasi Afrikada paydo bo’lgan va butun O’rta Yer dengizi havzasida, keyinchalik Kaliforniya va Meksikada tarqalgan bo’lib, karantin muhofazasini talab qilishi va xalqaro savdo muammolarini keltirib chiqarishi qayd etilgan [7]. Hozirda u Janubiy Amerika yoki Avstraliyada topilmagan va Osiyoda mavjudligi aniq emas [3], zaytun pashshasi keng rivojlanishi va global isish tufayli yuqori kenglik va balandliklardagi hududlarga tarqalishi kutilmoqda [9]. B. oleae ning urgʻochi kapalaklari aprel oyida 60% ga yaqini yetuk tuxumga ega boʻlgani, biroq juftlashgandan keyin ular tuxum qoʻyish uchun zaytun mevalari yaroqli boʻlgunga qadar reproduktiv diapauzaga kirganligi kuzatilgan [11, 12]. Italiyada bahor va yozda hasharotning yetuk zoti uchganlarini butun mintaqada kuzatgan holda, bahor va yoz populyatsiyalari o’rtasida turli xil harakatlar mavjudligi kuzatilgan, bu esa to’liq nasl va qayta taqsimlanishning paydo bo’lishini ko’rsatmoqda [10]. B.oleaening voyaga yetgan urgʻochilari tuxumlarini zaytun meva ichiga qo‘yishi kuzatildi. Adabiyotlarda ta’kidlanishicha, bitta urg‘ochi hasharot bir kun davomida 10-40 ta, umri davomida 200 dan 500 tagacha tuxum qo‘yadi, tabiatda esa bitta urg‘ochi hasharot bir kun davomida 12 ta, umr bo‘yi taxminan 200-250 tuxum qo‘yishi mumkinligi ko‘rsatilgan [2, 13]. Zaytun meva pashshasining tuxumlari 7, 5-10°C dan past haroratda rivojlanmasligi va 30-32°C dan yuqori haroratda esa yashovchan emasligi, shuningdek, ob-havo sharoitiga qarab tuxumlar 1 kun ichida rivojlanishi mumkinligi qayd etilgan [6, 8]. B. oleae lichinkalari zaytun mevalari bilan oziqlanadi, tuxumlarini zaytun mevalari yuzasiga qo’yadi va birinchi lichinka 2-3 kundan keyin rivojlana boshlaydi. Lichinka bosqichi 25°C da 10-15 kungacha davom etadi. Kuzning o’rtalariga qadar zaytun mevasida o’z rivojlanishini yakunlaydi, keyinchalik kuzda, оливковое растение, оливковая плодовая мушка, B. oleae, развитие, личинка, яйцо, гриб, распространение, повреждение, температура.
| APA | X.BURIEV, Y.TOSHEVA, S.ABDULLAYEV, & B.DJABBOROV (2026). Zaytun meva pashshasi (Bactrocera Oleae Rossi). Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (5). https://agrokarantin.uz/articles/2787/ |
|---|---|
| GOST (OAK) | X.BURIEV va b. Zaytun meva pashshasi (Bactrocera Oleae Rossi) // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). – 2026. – № 5. |
| MLA | X.BURIEV, Y.TOSHEVA, S.ABDULLAYEV, and B.DJABBOROV. “Zaytun meva pashshasi (Bactrocera Oleae Rossi).” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (5), 2026. https://agrokarantin.uz/articles/2787/ |
| Chicago | X.BURIEV, Y.TOSHEVA, S.ABDULLAYEV, and B.DJABBOROV. “Zaytun meva pashshasi (Bactrocera Oleae Rossi).” Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (5) (2026). https://agrokarantin.uz/articles/2787/ |
| Harvard | X.BURIEV, Y.TOSHEVA, S.ABDULLAYEV, and B.DJABBOROV (2026) ‘Zaytun meva pashshasi (Bactrocera Oleae Rossi)’, Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini), (5). https://agrokarantin.uz/articles/2787/ |
| BibTeX | @article{xburiev2026,
title = {Zaytun meva pashshasi (Bactrocera Oleae Rossi)},
author = {X.BURIEV and Y.TOSHEVA and S.ABDULLAYEV and B.DJABBOROV},
journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
year = {2026},
number = {5},
url = {https://agrokarantin.uz/articles/2787/}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Helicoverpa armigera (Hübner) (Lepidoptera: Noctuidae) is a polyphagous insect and a primary pest of maize. This study investigates biological control strategies against this pest. Experimental results show that using…
Olib borgan tadqiqotlarimiz natijasiga ko‘ra so‘qir (Miridae, Antocoridae, Nabidae) qandalalarning ento- mofag turlari Qaraqolpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoyi, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari…
The article examines the damage caused by the winter moth, a pest of tomato crops, and the effectiveness of the environmentally friendly entomophage Trichogramma against it. The species Trichogramma chilonis turned out…
In the fields of autumn grain crops, aphid pests cause more damage in the budding phase than in the budding phase of wheat, and taking into account the measures of combating them with insecticides along with suspension…
Based on an analysis of specialized literature, the article discusses specific techniques for increasing the biological quality indicators of Trichogramma when breeding it in biological laboratories. Specialists should…
Мазкур мақолада Самарқанд вилоятининг ўтлоқи тупроқлар шароитида маккажўхорининг ўртапишар "Ўзбекистон 601 ЕСВ" ва ўрта-эртапишар "Қорасув 350АМВ" дурагайларининг экиш меъёри ва туп қалинлигига боғлиқ ҳолда ўсиши…
Мазкур мақолада баҳорги жавдарнинг Вахшская 116 навини баҳорги экиш муддати ва меъёрларини унинг дон ҳосилдорлиги, сомон массасига таъсири натижасида олинган маълумотлар келтирилган.
Ушбу мақолада сувтежамкор технологияларни жорий қилиш натижасида ўтлоқи бўз тупроқлар шароитида маккажўхоридан юқори ҳосил олиш технологияси акс эттирилган бўлиб, томчилатиб суғоришнинг афзалликлари кўрсатилган.
Мақолада "Олмалиқ тоғ-кон металлургия комбинати" АҖ (Акционерлик жамият) га қарашли ҳўжаликнинг фтор бирикмалари билан ифлосланган тупроқларида буғдой ҳосилини етиштиришда, дастлаб, тупроққа «К-Gumat» органик ўғити…
Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
В статье рассматриваются критерии проектирования системы аксиологически ориентированных методических заданий в обучении родному языку. Цель исследования заключается в определении принципов разработки заданий…
This article analyzes the scientific, pedagogical, and methodological foundations for the effective integration of national upbringing factors with modern global competencies in the context of continuous education…
Maqolada paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalash jarayonida arrali baraban va kolosnikli panjara o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Mavjud tozalagichlarda qo‘llaniladigan…
Maqolada paxta xomashyosini yirik va mayda iflosliklardan tozalash samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar tizimlashtirilib, konstruktiv va texnologik omillarning o‘zaro ta’siri qiyosiy tahlil qilindi…
The paper analyzes grate constructions used in cotton cleaners for removing large impurities. The aim is to systematize the advantages and limitations of stationary round, triangular and trapezoidal grate bars and to…
Mazkur maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablari asosida tashqi segmentar hisobotni shakllantirish metodikasi tadqiq etilgan. Tashqi segmentar hisobotning investorlar, kreditorlar va boshqa…