Umumbashariy g‘oyalarning lirik ifodasi

Jurayev, Habibullo

FarDU ilmiy xabarlari · 2020-yil

Annotatsiya

Maqolada tinchlik-totuvlik, diniy bag‘rikenglik, ijtimoiy tenglik singari bashariyatga daxldor g‘oyalarning Alisher Navoiy ijodidagi lirik ifodasi haqida so‘z boradi. Insonparvarlik, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va hamjihatlik g‘oyalari nafaqat Alisher Navoiyning, balki uning zamondoshlari bo‘lgan ijodkorlarning ham ilhom manbai, o‘zlarining hur fikrlarini ifodalash minbari bo‘lganligi shubhasiz. Daho ijodkorlarning bu boradagi hayotiy mulohazalari, falsafiy mushohadalari, mantiqiy xulosalari shu qadar jo‘shqinlik, shu qadar badiiy mahorat bilan aks ettiriladiki, ulardagi maqsad va g‘oyalar yaxlit bir badiiy manzara sifatida shuurimizga singadi. Ayniqsa, Alisher Navoiy ijodida insonning yuksak e’tiqodi, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi yetakchi g‘oyalardan biridir. Modomiki, inson Haq sirlarining mumtozi ekan, u turli illat va nuqsonlardan holi bo‘lmog‘i lozim. Shoir ijodida diniy bag‘rikenglik, hurfikrlilik g‘oyasi olg‘a surilar ekan, bu g‘oya tasavvuf ta’limotida belgilangan so‘nggi bosqich - Haq vasli bilan bog‘lanadi. Jamiyat manfaatidan o‘z manfaatini ortiq ko‘ruvchilar esa komillikka da’vogar bo‘la olmaydilar. Bu Haq vasliga erishish yo‘lidagi intilishlarda ham sezilib, sof e’tiqodli kishilar va xudbin kishilarni ikkiga ajratadi. Natijada, faqat jannatga tushish, hurlar bilan bo‘lish istagida ibodat qiluvchilar hurfikrli kishilardan tubanda turadilar.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarJurayev, Habibullo
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2020-01-01
Jild7
Son2
Betlar404-407
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

: tarixiy davr, badiiy ijod, ijtimoiy tenglik, diniy bag‘rikenglik, hurlik., Historical period, verbal creativity, consegeunces of nation, rasial discrimination, peace, eguality, freedom.

Iqtibos keltirish

APAJurayev, Habibullo (2020). UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 404-407. https://journal.fdu.uz/main/article/6887
GOST (OAK)Jurayev, Habibullo UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2020. – T. 7, № 2. – B. 404-407.
MLAJurayev, Habibullo. “UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 404-407, 2020. https://journal.fdu.uz/main/article/6887
ChicagoJurayev, Habibullo. “UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 404-407 (2020). https://journal.fdu.uz/main/article/6887
HarvardJurayev, Habibullo (2020) ‘UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(2), 404-407. https://journal.fdu.uz/main/article/6887
BibTeX
@article{jurayevhabibullo2020,
  title = {UMUMBASHARIY G‘OYALARNING LIRIK IFODASI},
  author = {Jurayev, Habibullo},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2020},
  volume = {7},
  number = {2},
  pages = {404-407},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/6887}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2020-yil arxivi

Jurayev, Habibullo — boshqa maqolalari