Isajon sultonning “Alisher Navoiy” romanida qo‘llangan sinonimlarining lingvopoetikasiga doir

Muminov, Sidikjon, Kamoliddinova, Zilolaxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Isajon Sultonning “Alisher Navoiy” romanida keltirilgan sinonimlar lingvopoetik jhatdan tahlil etilgan. Yozuvchining bu romani nashr etilganiga uncha ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ancha-muncha tadqiqotlar boshlab yuborilganidan xabarimiz bor. Biroq o‘zbek adabiyotida sezilarli yangilik sifatida mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan bu asar tilshunoslik, jumladan, lingvopoetik aspektda o‘rganishga endigina jiddiy kirishilmoqda. Shu boisdan mazkur maqolamizda “Alisher Navoiy” romanida keltirilgan leksik birliklarni lingvopoetik jihatdan tadqiq etishni niyat qildik.

Mustaqillik yillarida o‘zbek tilshunosligida lingvopoetika badiiy matn tilini tilning aynan estetik vazifasining namoyon bo‘lishi tarzida o‘rganuvchi soha ekanligi e’tirof etildi va bu borada salmoqli tadqiqotlar yaratildi. Hozirgi vaqtda o‘zbek lingvopoetikasi o‘z tadqiq tamoyillari va ilmiy apparatiga ega bo‘lgan, rivojlanib borayotgan soha hisoblanadi.

O‘zbek adabiyotida Isajon Sulton asarlarini badiiy jihatdan chuqur tahlil qilib beruvchi ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Ammo til birliklarining yozuvchi asarlari matnidagi estetik vazifalari, lingvomadaniy xususiyatlari maxsus tadqiq qilinmagan. Isajon Sultonning butun ijodi nafaqat g‘oyaviy-badiiy jihatdan, balki badiiy til mahorati jihatidan ham o‘rganilishga munosib. Yozuvchi o‘zining barakali badiiy ijodi bilan o‘zbek tilining rivoji va boyishiga jiddiy hissa qo‘shgan. U o‘zbek tilining imkoniyatlarini o‘z asarlarida namoyish etibgina qolmay, uni turli ma’nolar, go‘zal ifodalar bilan ham boyitgan. Shu sababli Isajon Sultonning aynan “Alisher Navoiy” romani tilini lingvopoetik jihatdan tahlil etish tilshunosligimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMuminov, Sidikjon, Kamoliddinova, Zilolaxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-06-22
Jild29
Son1
Betlar89-89
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
DOI10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a89
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

lingvopoetika, lingvomadaniy, leksik birlik, sinonim, lug‘at, ma’no, nutq, roman tili, badiiy tasvir, ijobiy, salbiy., linguopoetics, linguocultural, lexical unit, synonym, dictionary, meaning, speech, novel language, artistic image, positive, negative.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMuminov, Sidikjon, & Kamoliddinova, Zilolaxon (2023). ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA QO‘LLANGAN SINONIMLARINING LINGVOPOETIKASIGA DOIR. FarDU ilmiy xabarlari, 29(1), 89-89. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a89
GOST (OAK)Muminov, Sidikjon, Kamoliddinova, Zilolaxon ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA QO‘LLANGAN SINONIMLARINING LINGVOPOETIKASIGA DOIR // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 1. – B. 89-89. – DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a89.
MLAMuminov, Sidikjon, and Kamoliddinova, Zilolaxon. “ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA QO‘LLANGAN SINONIMLARINING LINGVOPOETIKASIGA DOIR.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(1), 89-89, 2023. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a89
ChicagoMuminov, Sidikjon, and Kamoliddinova, Zilolaxon. “ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA QO‘LLANGAN SINONIMLARINING LINGVOPOETIKASIGA DOIR.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(1), 89-89 (2023). https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a89
HarvardMuminov, Sidikjon, and Kamoliddinova, Zilolaxon (2023) ‘ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA QO‘LLANGAN SINONIMLARINING LINGVOPOETIKASIGA DOIR’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(1), 89-89. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a89
BibTeX
@article{muminovsidikjon2023,
  title = {ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANIDA QO‘LLANGAN SINONIMLARINING LINGVOPOETIKASIGA DOIR},
  author = {Muminov, Sidikjon and Kamoliddinova, Zilolaxon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {1},
  pages = {89-89},
  doi = {10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a89},
  url = {https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a89}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Muminov, Sidikjon — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari