Non ishlab chiqarishda unning sifat ko‘rsatkichlari

Qobilov, Feruz, Berdimuradov, Xasan, Raxmonov, Erkinjon

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Ushbu maqola respublikamizda ishlab chiqarilayotgan non va non mahsulotlari sifatini yaxshilash maqsadida asosiy xomashyo sifatida ishlatiladigan unning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat. Hozirgi kunda aholini non mahsulotlariga bo‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Buning uchun tayyorlaydigan mahsulotimizning xomashyosini sifat ko‘rsatkichi muhim ahamiyat kasb etadi. Non mahsulotlarining sifati ularning energetik xossalari, oziqaviy va biologik qiymatga ega moddalar miqdori, oziqaviy zararsizligi, tashqi ko‘rinishi, konsistensiyasi, ta’mi va hidi kabi xossalarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda mahalliy bug'doy navlaridan tortilgan unlarning nonvoylik xossalarining pasayishi ishlab chiqarilayotgan non mahsulotlarining sifatini pasayishiga olib kelmoqda.

Non sifati xom ashyoning sifatiga, birinchi navbatda unning novvoylik xossalariga, non tayyorlash texnologik jarayonining alohida bosqichlarini amalga oshirish usullari va rejimlariga, non mahsulotlarining sifatini yaxshilashga mo‘ljallangan maxsus qo‘shimchalar qo‘llanilishiga bog‘liq. Lekin hozirgi vaqtda non mahsulotlarini ishlab chiqarishda ularning sifatini yaxshilash uchun tabiiy qo‘shimchalar bilan birgalikda, kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanilmoqda. Bu esa aholi orasida har xil kasalliklarni keltirib chiqarishi bilan birgalikda insonlar salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Biz faqatgina non va non mahsulotlari ishlab chiqarishda xom ashyoni sifatiga e'tibor beribgina qolmasdan, balki yetishtirilayotgan bug'doy doniga berilayotgan agrotexnik jarayonga ham e'tibor qaratishimiz kerak.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQobilov, Feruz, Berdimuradov, Xasan, Raxmonov, Erkinjon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-07-05
Jild29
Son1
Betlar123-123
TilO‘zbek
Ilmiy sohaKimyo
DOI10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a123
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Kleykovina, shaffoflik, kuldorlik, non mahsulotlari, bug'doy uni, namlik, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar, geometrik ko‘rsatkichlar., Gluten, transparency, ashiness, bakery products, wheat flour, moisture, physico-chemical indicators, geometric indicators.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAQobilov, Feruz, Berdimuradov, Xasan, & Raxmonov, Erkinjon (2023). NON ISHLAB CHIQARISHDA UNNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 29(1), 123-123. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a123
GOST (OAK)Qobilov, Feruz, Berdimuradov, Xasan, Raxmonov, Erkinjon NON ISHLAB CHIQARISHDA UNNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 1. – B. 123-123. – DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a123.
MLAQobilov, Feruz, Berdimuradov, Xasan, and Raxmonov, Erkinjon. “NON ISHLAB CHIQARISHDA UNNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(1), 123-123, 2023. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a123
ChicagoQobilov, Feruz, Berdimuradov, Xasan, and Raxmonov, Erkinjon. “NON ISHLAB CHIQARISHDA UNNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(1), 123-123 (2023). https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a123
HarvardQobilov, Feruz, Berdimuradov, Xasan, and Raxmonov, Erkinjon (2023) ‘NON ISHLAB CHIQARISHDA UNNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(1), 123-123. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a123
BibTeX
@article{qobilovferuz2023,
  title = {NON ISHLAB CHIQARISHDA UNNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI},
  author = {Qobilov, Feruz and Berdimuradov, Xasan and Raxmonov, Erkinjon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {1},
  pages = {123-123},
  doi = {10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a123},
  url = {https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss1/a123}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Kimyo sohasidagi boshqa maqolalar

Kimyo sohasidagi OAK jurnallari