Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitning farzand tarbiyasiga ta’siri

Karimova, Gulchehra

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Oila insonning baxt-saodatini ta’minlovchi qo‘rg‘on ekanligi asoslab berilgan bo‘lib, uning ham ilohiy, ham insoniy himoyasi mavjud ekanligi izohlab berilgan. Oila inson zoti yaratilgandan boshlab davom etib, insoniyat tarixining hamma davrlarida, har qanday tuzum va sharoitda ham kishilarning asosiy hamda sharafli qadriyatlaridan hisoblangan. Oila dunyosi bir qator ma’naviy, axloqiy, ruhiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlar mujassamlashgan bedahl makon bo‘lib, yaxlit olganda, unda butun boshli tarix, millat, davlat o‘z ifodasini topganligi bayon qilingan. Oila farovonligi – milliy farovonlik asosidir. Xalqimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, halollik, rostgo‘ylik, or–nomus, sharm-u hayo, mehr–oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar oilada shakllanishi ochib berilgan. Ushbu tadqiqotda oilada otaning o‘rni va mavqei izohlab berilgan. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, “Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri” mavzusida anketa so‘rovnoma o‘tkazilib, olingan xulosalar ushbu maqolada bayon qilingan.

Oilada farzand yo komil shaxs, yo xudbin inson bo‘lib shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bugungi kunda ham bu hikmatli so‘zlarning ahamiyati o‘z kuchini yo‘qotmaganini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida farzandlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, ularda yon-atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, tinch-osoyishta hayotimizga, ko‘p asrlik ma’naviyatimiz va milliy qadriyatlarimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi kurashishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotlarning ahamiyati kun sayin ortib borayotganligi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKarimova, Gulchehra
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-12-31
Jild29
Son5
Betlar19-19
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
DOI10.56292/sjfsu/vol29_iss5/a19
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Oila, ma’naviyat, Qur’oni Karim, ma’naviy-axloqiy muhit, oila farovonligi, ota mas’uliyati, er va xotin munosabati, farzand tarbiyasi., Family, spirituality, Holy Qur'an, spiritual and moral environment, family well-being, father's responsibility, relationship between husband and wife, child upbringing.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAKarimova, Gulchehra (2023). OILADAGI IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIRI. FarDU ilmiy xabarlari, 29(5), 19-19. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss5/a19
GOST (OAK)Karimova, Gulchehra OILADAGI IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIRI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 5. – B. 19-19. – DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss5/a19.
MLAKarimova, Gulchehra. “OILADAGI IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIRI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(5), 19-19, 2023. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss5/a19
ChicagoKarimova, Gulchehra. “OILADAGI IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIRI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(5), 19-19 (2023). https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss5/a19
HarvardKarimova, Gulchehra (2023) ‘OILADAGI IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIRI’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(5), 19-19. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss5/a19
BibTeX
@article{karimovagulchehra2023,
  title = {OILADAGI IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIRI},
  author = {Karimova, Gulchehra},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {5},
  pages = {19-19},
  doi = {10.56292/sjfsu/vol29_iss5/a19},
  url = {https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss5/a19}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari