Bilingv bolalar nutqidagi agrammatizmlarning psixolingvistik asoslari

Sultonova, Shoxista, Otaboyeva, Muslimaxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada ikki tilli bolalar nutqidagi agrammatizmlar, uning psixolingvistik asoslari va agrammatizmlarning xususiyatlari muhokama qilinadi. Agrammatizm – bu nutq faoliyatidagi grammatik me’yorlarning buzilishi. Ushbu ishda biz bu turdagi xatolarning sabablari rivojlanishdagi fiziologik yoki psixologik kasalliklar emas, balki bolalarning ikki tilli muhitda rivojlanayotgani va nutq interferensiyasi degan fikrga asoslanamiz. Maqolada rus tilining turkiy tillar, xususan o‘zbek tili bilan o‘zaro aloqasi ko‘rib chiqiladi. Maqolada ontogenezning 3-bosqichi, ya’ni maktabgacha yoshdagi bolalar ustida kuzatishlar olib borilgan, ularning jonli nutqidan misollar keltirilgan. Ushbu bosqich bolalarning fonematik eshitish qobiliyati rivojlanishi, so‘z boyligi o‘sishi va so‘zlarning leksik ma’nolari boyitilishi, jumlalarni tuzishda murakkab konstruksiyalar o‘zlashtirilishi va boshqalar bilan tavsiflanadi. Grammatik toifalar va qoidalar haqida tasavvurga ega bo‘lmagan bolalarda tilning turli darajalari: so‘z shakllanishi (so‘z yaratish), morfologiya, sintaksis va boshqalar – bilan bog‘liq nutq xatolar tez-tez uchraydi. Agrammatizmlar nutq interferensiyasi hamda o‘rganilayotgan tilda yangi, murakkab tushunchalar va konstruksiyalar bilan tanishish bilan bog‘liqdir. Natijada, ikki tilli bolalar nutqidagi agrammatizmlar nutq rivojlanishining dastlabki bosqichlarida tez-tez uchrab turishi va chet tilini o‘zlashtirishda muqarrar qadam ekanligi aniqlandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSultonova, Shoxista, Otaboyeva, Muslimaxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-12-31
Jild29
Son6
Betlar88-88
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
DOI10.56292/sjfsu/vol29_iss6/a88
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

psixolingvistika, bilingvizm, agrammatizm, bilingv bolalar, ontogenez, nutq faoliyati, bilingval muhit, nutq interferensiyasi, psycholinguistics, bilingualism, agrammatism, bilingual children, ontogenesis, speech activity, bilingual environment, speech interference

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APASultonova, Shoxista, & Otaboyeva, Muslimaxon (2023). BILINGV BOLALAR NUTQIDAGI AGRAMMATIZMLARNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 88-88. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss6/a88
GOST (OAK)Sultonova, Shoxista, Otaboyeva, Muslimaxon BILINGV BOLALAR NUTQIDAGI AGRAMMATIZMLARNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 6. – B. 88-88. – DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss6/a88.
MLASultonova, Shoxista, and Otaboyeva, Muslimaxon. “BILINGV BOLALAR NUTQIDAGI AGRAMMATIZMLARNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 88-88, 2023. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss6/a88
ChicagoSultonova, Shoxista, and Otaboyeva, Muslimaxon. “BILINGV BOLALAR NUTQIDAGI AGRAMMATIZMLARNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 88-88 (2023). https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss6/a88
HarvardSultonova, Shoxista, and Otaboyeva, Muslimaxon (2023) ‘BILINGV BOLALAR NUTQIDAGI AGRAMMATIZMLARNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(6), 88-88. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss6/a88
BibTeX
@article{sultonovashoxista2023,
  title = {BILINGV BOLALAR NUTQIDAGI AGRAMMATIZMLARNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI},
  author = {Sultonova, Shoxista and Otaboyeva, Muslimaxon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {6},
  pages = {88-88},
  doi = {10.56292/sjfsu/vol29_iss6/a88},
  url = {https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss6/a88}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Sultonova, Shoxista — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari