BUXORO VILOYATI G ‘IJDUVON TUMANI SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARINING TARKIBI VA XOSSALARI

Salimova, Hilola

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

<p>Ushbu maqolada Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan sug‘oriladigan tuproqlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tumanda sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlar 19994 ming gektarni tashkil etadi. Shundan o‘tloqi tuproqlar 52,8 %, cho‘l - o‘tloqi 27,4, taqir-o‘tloqi – 13,7, sur tusli qo‘ng‘ir 3,3 va sur tusli qo‘ng‘ir – o‘tloqi tuproqlar 2,8 % ni tashkil etishi aytilgan. Tuman bo‘yicha tarqalgan sug‘oriladigan tuproqlarni sho‘rlanish darajasi, sug‘oriladigan tuproqlarning mexanik tarkibiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishi kabi ma’lumotlar ham keltirilgan.</p> <p>G‘ijduvon tumanining H.Olimjon hududi “Omad” fermer xo‘jaligi, Guliston hududi “Shukur To‘xta” fermer xo‘jaligi va S.Jabborov hududidagi “Hasan Rajabiy” fermer xo‘jaliklarida tarqalgan o‘tloqi tuproqlarlardan tuproq kesma (razrez)lari kovlanib, qatlamlar bo‘yicha tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi, mexanik tarkibi yoritilgan. Bir xil sharoitda tarqalgan tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi va mexanik tarkibi turlicha bo‘lib, unga turli antropogen omillar ta’sirida o‘zgarganligi bayon qilingan.</p>

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSalimova, Hilola
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
Nashr sanasi2024-06-25
Jild30
Son3
Betlar239-245
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

Cho‘l zonasi, qishloq xo‘jalik, sug‘oriladigan tuproq, tarkib, xossalari, unumdorlik, gumus, sho‘rlanish, oziq modda, samarali foydalanish, Desert zone, agriculture, irrigated soil, composition, properties, fertility, humus, salinity, nutrients, Alternative road bitumen, oil sludge, gossypol resin, used diethanolamine waste, adhesion property, limiting angle of wetting.

Ilmiy soha

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar