Sifatli optronlar yaratish

Yuldashev, Abror

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Polikristall yupqa birjinsli emas yarimo‘tkazgich pardalardan foydalanib mikroelektronika uchun yuqori samarador optronlar yaratishning fizika, texnikaviy asoslari bayon qilingan. Optron elementlarida kuzatiladigan energetik yo‘qotishlarni kamaytirishning ilmiy asoslari tahlil qilingan. Optoelektron qurilmaning samaradorligi yuqoridagilar bilan bir qatorda, elementar optron elementlari, yorug‘lik manbasi va uning iste’molchisi orasidagi optik foton vositasidagi bog‘lanishlardagi yorug‘lik signallarining kam yo‘qotishlar bilan buzilmay foto qabul qilgichga yetib kelishi bilan bog‘liq. Mikroelektron tizimda ham bu muammoni tolali optika vositasida amalga oshirish mumkin. Tolali optika qurilmalari ixcham, uning yorug‘lik tolasi diametri 1 mkm atrofida bo‘ladi. Elastikligi yuqori, uning egilishi uzatilayotgan optik signalni buzmaydi. Samaradorligi elektr aloqa vositasidan juda yuqori. Tasvir uzatish imkoniyatining darajasi yuqori. Bu afzalliklarni amalga oshirish uchun optik tola bilan manba va yorug‘lik iste’molchisi orasidagi optik kontakt sifati yuqori bo‘lishi kerak. Bu vazifani qoniqarli darajada amalga oshirish uchun immersion muxit sifatida sindirish ko‘rsatkichi n yorug‘lik manbasi va foto qabul qilgich sindirish ko‘rsatkichiga yaqin qilib olingan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYuldashev, Abror
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-09-12
Jild30
Son3
Betlar355-355
TilO‘zbek
Ilmiy sohaKimyo
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

Elementar optron, spektr, yorug‘lik diodi, nurlanish amplitudasi, xalkogenidlar, immersion muxit, optik tola, sindirish ko‘rsatkichi, to‘la ichki qaytish, potensial zona diagramma., Elementary optocoupler, spectrum, radiation amplitude, chalcogenides, immersion medium, optical fiber, refractive index, total internal return, potential band diagram.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAYuldashev, Abror (2024). SIFATLI OPTRONLAR YARATISH. FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 355-355. https://journal.fdu.uz/main/article/2869
GOST (OAK)Yuldashev, Abror SIFATLI OPTRONLAR YARATISH // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 3. – B. 355-355.
MLAYuldashev, Abror. “SIFATLI OPTRONLAR YARATISH.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 355-355, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/2869
ChicagoYuldashev, Abror. “SIFATLI OPTRONLAR YARATISH.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 355-355 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/2869
HarvardYuldashev, Abror (2024) ‘SIFATLI OPTRONLAR YARATISH’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(3), 355-355. https://journal.fdu.uz/main/article/2869
BibTeX
@article{yuldashevabror2024,
  title = {SIFATLI OPTRONLAR YARATISH},
  author = {Yuldashev, Abror},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {3},
  pages = {355-355},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/2869}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Yuldashev, Abror — boshqa maqolalari

Kimyo sohasidagi boshqa maqolalar

Kimyo sohasidagi OAK jurnallari