Oʻtgan asrning boshlarida oʻz harakatlarini “jadidlar” nomi bilan tarix zarvaraqlariga muhrlagan ma’rifatparvar ziyolilar birinchi navbatda, alifbo va imlo masalalariga jiddiy e’tibor qaratdilar, ma’lum qonun-qoidalarga asoslangan milliy adabiy til boʻlishini orzu qildilar. Mazkur masalalar jadidlar faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri edi.
Ma’lum imlo qoidalariga asoslanmagan arab yozuvi isloh qilinib, dastlabki imlo qoidalari ishlab chiqildi. Dastlabki tajriba sifatida Fitrat boshchiligida tashkil qilingan “Chigʻatoy gurungi” tomonidan ishlab chiqilgan “Bitim yoʻllari” (“Yozuv yoʻllari”) asarini keltirish mumkin. 1929-yil may oyida Samarqandda boʻlib oʻtgan til va imlo konferensiyasida, boshqa turkiy tillardagi kabi, oʻzbek tilida ham singarmonizm qonuniyati e’tirof etilib, imlo qoidalari shu asosda ishlab chiqilgan edi. Unga koʻra, unlilar soni 9 ta etib belgilangan.
Afsuski, sovet mafkurasining hukmronligi tilshunoslik sohasiga ham oʻz ta’sirini oʻtkazdi. May konferensiyasida tasdiqlangan imlo qoidalari millatchilik ruhida tuzilganligi va ishchi-dehqon ommasining savod chiqarishiga toʻsqinlik qilayotgani kabi vajlar bilan rad etildi. Singarmonizm yoʻqolib borayotgan hodisa sifatida baholanib, unlilar miqdori 9 tadan 6 taga kamaytirildi. Avvalgi imlo qoidalaridan tubdan farq qiladigan, shoʻro mafkurasiga mos yangi imlo qoidalari ishlab chiqildi.
Maqolada Qayum Ramazon tomonidan risola holida tayyorlangan mazkur imlo qoidalari xususida soʻz yuritiladi.
| Mualliflar | Azimov, Inomjon |
|---|---|
| Jurnal | FarDU ilmiy xabarlari |
| Nashriyot | Farg‘ona davlat universiteti |
| ISSN | 2010-8419, 2181-1571 |
| Nashr sanasi | 2025-12-31 |
| Jild | 31 |
| Son | 4 |
| Betlar | 87-87 |
| Til | O‘zbek |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-06 |
alifbo, imlo, isloh, unli tovush, undosh tovush, singarmonizm, harf, fonema, yot harflar, yozuv., alifbo, imlo, isloh, unli tovush, undosh tovush, singarmonizm, harf, fonema, yot harflar, yozuv.
| APA | Azimov, Inomjon (2025). QAYUM RAMAZON VA UNING “OʻZBEK TILINING BIRLASHGAN IMLO QOIDALARI” RISOLASI XUSUSIDA. FarDU ilmiy xabarlari, 31(4), 87-87. https://journal.fdu.uz/main/article/1021 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Azimov, Inomjon QAYUM RAMAZON VA UNING “OʻZBEK TILINING BIRLASHGAN IMLO QOIDALARI” RISOLASI XUSUSIDA // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 4. – B. 87-87. |
| MLA | Azimov, Inomjon. “QAYUM RAMAZON VA UNING “OʻZBEK TILINING BIRLASHGAN IMLO QOIDALARI” RISOLASI XUSUSIDA.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(4), 87-87, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/1021 |
| Chicago | Azimov, Inomjon. “QAYUM RAMAZON VA UNING “OʻZBEK TILINING BIRLASHGAN IMLO QOIDALARI” RISOLASI XUSUSIDA.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(4), 87-87 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/1021 |
| Harvard | Azimov, Inomjon (2025) ‘QAYUM RAMAZON VA UNING “OʻZBEK TILINING BIRLASHGAN IMLO QOIDALARI” RISOLASI XUSUSIDA’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(4), 87-87. https://journal.fdu.uz/main/article/1021 |
| BibTeX | @article{azimovinomjon2025,
title = {QAYUM RAMAZON VA UNING “OʻZBEK TILINING BIRLASHGAN IMLO QOIDALARI” RISOLASI XUSUSIDA},
author = {Azimov, Inomjon},
journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
year = {2025},
volume = {31},
number = {4},
pages = {87-87},
url = {https://journal.fdu.uz/main/article/1021}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Ushbu maqolada Abdulla Sher lirikasidagi formal an’analar va ularning turlari xususida fikr yuritilgan. Formal an’ana turlaridan bo‘lgan tasviriy ifoda va tasviriy vositalarning shoir she’rlari misolida tahlilga…
Ushbu maqolada adabiy asarda personaj tushunchasi, xususan, ikkinchi darajali personajlarning badiiy-funksional vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — o‘zbek adabiyoti namunalarida ikkinchi darajali…
Bilamizki bugungi kunda inson psixologiyasi, uning xususiyati va psixologiyani tashkil etuvchi bir necha omillar yig‘indisi ko‘plab tadqiqotlar va zamonaviy izlanishlar obyekti bo‘layotganini ko‘rishimiz mumkin…
Maqolada tarixiy romandagi kolliziya konflikt ilmiy jihatdan asoslanib, tahlil etilgan. Kolliziya konflikt asosan “Ona lochin vidosi” romanidagi tarixiy shaxslar, malika va farzandning ruhiyati asosida tahlil etilgan.
The Koroglu epic is considered one of the most widespread oral narratives among Turkic peoples. Its numerous versions have been recorded across a wide geographic range — from Central Asia and Siberia to Anatolia and the…
Mazkur maqolada Jek Londonning “Martin Iden” va “Oq So‘yloq” asarlari o‘zbek hamda rus tillariga tarjimalari lingvopragmatik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Muallif uslubi, badiiy tasvir vositalari va madaniy…
Ushbu maqolada qoraqalpoq tilida etik qadriyatlarning leksik-semantik ifodasi tahlil qilinadi. Etik qadriyatlar xalqning ma’naviy dunyoqarashi va madaniy xotirasining ajralmas qismi sifatida ko‘riladi. Maqolada etik…
This article presents a comparative lexical-semantic and discourse-pragmatic analysis of idioms with the component “head” in English and “bosh” in Uzbek. Idioms are classified into semantic fields such as cognition…
Theories explaining the linguistic phenomena that constitute the poetic system of syllabic rhythm are subjected to analytical analysis in the article. It is noted that syllabic meter is a versification system with a…
Najmiddinova Mekhrigul Najmiddin kizi Hospitality constitutes a core cultural value that exhibits substantial variation across different societies. This study offers a comparative analysis of hospitality-related…
FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi
Ushbu maqolada tabiiy va ikkilamchi sho‘rxoklarda, o‘simliklarida, pedobiogeokimyoviy baryerlarida kimyoviy elementlarning migratsiyasi va akkumulyatsiyasi keltirilgan. Bundan tashqari sho‘rxok o‘simliklarida…
Ishda janubiy Farg‘ona tog‘li va tog‘oldi zonalarida mualliflarning ko‘p yillik tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Natijada tog‘li jigarrang, karbonatli tuproqlarning chirindi-akkumulyativ gorizontlarida gumus…
Oʻtgan asrning boshlarida jadidlar nomi bilan tarix sahnasiga chiqqan millat fidoiylari iqtisodi, ilm-fani rivojlangan davlat qurishni orzu qildilar. Buning uchun eng avvalo, millatni savodli qilish, zamonaviy…