Tilshunoslikda nutq ontogenezining psixolingvistik tadqiqi va uning ilmiy-nazariy asoslari

Davlatova, Hulkaroy

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot tilshunoslikda nutq ontogenezini psixolingvistik nuqtayi nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda nutq qobiliyatining shakllanishi, rivojlanishi va shaxs tilida yuz beradigan yoshga oid o‘zgarishlarni ilmiy asosda tahlil qilish maqsad qilib qo‘yilgan. Tadqiqotning bosh maqsadi – nutqning individual rivojlanish jarayonini psixologik va lingvistik mexanizmlar kesimida yoritish, bolalar nutqini o‘zlashtirish jarayonidagi umumiy qonuniyatlarni ochib berishdan iboratdir. Metodologik jihatdan ishda qiyosiy-tahliliy yondashuv, kuzatuv va eksperimental metodlardan foydalanildi. Shuningdek, bola nutqini kuzatish kundaliklari, lingvistik va psixologik test natijalari, ilg‘or rus va g‘arb olimlarining ilmiy ishlari asosiy manba sifatida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, nutq ontogenezi nafaqat til tizimi, balki kognitiv rivojlanish, muloqot ehtiyojlari va ijtimoiy omillar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shuningdek, bolalar nutqida morfologik, sintaktik va leksik rivojlanish bosqichlari muayyan psixolingvistik qonuniyatlarga asoslanishi aniqlangan. Xulosa sifatida, nutq ontogenezini psixolingvistik tadqiq qilish bolalar nutqini shakllantirishda metodik yondashuvlarni takomillashtirish, til o‘qitish jarayonida samarali strategiyalar ishlab chiqish hamda bolalarning kognitiv va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish uchun muhim ilmiy-amaliy asos yaratadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarDavlatova, Hulkaroy
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-12-31
Jild31
Son6
Betlar172-172
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

nutq ontogenezi, psixolingvistik tadqiqotlar, nutq, bolalar, til o‘qitish, strategiya, qiyosiy-tahliliy yondashuv, speech ontogenesis, psycholinguistic research, speech, children, language teaching, strategy, comparative-analytical approach.

Iqtibos keltirish

APADavlatova, Hulkaroy (2025). TILSHUNOSLIKDA NUTQ ONTOGENEZINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 31(6), 172-172. https://journal.fdu.uz/main/article/604
GOST (OAK)Davlatova, Hulkaroy TILSHUNOSLIKDA NUTQ ONTOGENEZINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 6. – B. 172-172.
MLADavlatova, Hulkaroy. “TILSHUNOSLIKDA NUTQ ONTOGENEZINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(6), 172-172, 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/604
ChicagoDavlatova, Hulkaroy. “TILSHUNOSLIKDA NUTQ ONTOGENEZINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(6), 172-172 (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/604
HarvardDavlatova, Hulkaroy (2025) ‘TILSHUNOSLIKDA NUTQ ONTOGENEZINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(6), 172-172. https://journal.fdu.uz/main/article/604
BibTeX
@article{davlatovahulkaroy2025,
  title = {TILSHUNOSLIKDA NUTQ ONTOGENEZINING PSIXOLINGVISTIK TADQIQI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI},
  author = {Davlatova, Hulkaroy},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {6},
  pages = {172-172},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/604}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Davlatova, Hulkaroy — boshqa maqolalari