Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida odam savdosi jinoyati uchun javobgarlikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari ilmiy huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalarida odam savdosi bilan bogʻliq qilmishlarning dastlab umumiy jinoyat tarkiblari doirasida baholanganligi, keyinchalik esa mustaqil jinoyat tarkibi sifatida alohida modda bilan mustahkamlanganligi yoritiladi. 2008-yilda kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlar asosida odam savdosi uchun javobgarlikning aniq belgilanishi, jinoyatning obyekti va subyekti, jinoyat obyektiv va subyektiv tomonlari, kvalifikatsiyalovchi belgilar hamda jazolarning ogʻirlashtirilgan turlari atroflicha tahlil etiladi. Shuningdek, Xalqaro huquq normalari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi hamda unga qoʻshimcha Protokol talablari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi jarayoni ochib beriladi. Maqolada muallif tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish sohasida milliy va xalqaro tajriba uygʻunligi, jinoyat-huquqiy siyosatning liberallashuvi va inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining takomillashuvi masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijasida odam savdosi uchun javobgarlik evolyutsiyasi bosqichma-bosqich kuchaytirib borilganligi va bu jarayon zamonaviy tahdidlar va xalqaro standartlar bilan uzviy bogʻliq ekanligi asoslab beriladi.
| Mualliflar | Jumaniyozova, Zarnigor, Jumaniyozova, Zarnigor, Жуманиёзова, Зарнигор |
|---|---|
| Jurnal | Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report |
| Nashr sanasi | 2026-07-14 |
| Jild | 6 |
| Son | 2 |
| Betlar | 81-91 |
| Til | O‘zbek |
human trafficking, socially dangerous act, international legal norm, transnational crime, organized crime, Criminal Code, human rights, торговля людьми, общественно опасное деяние, норма международного права, транснациональное преступление, организованная преступность, Уголовный кодекс, права человека, odam savdosi jinoyati, ijtimoiy xavfli qilmish, xalqaro huquq normasi, transmilliy jinoyat, uyushgan jinoyatchilik, Jinoyat kodeksi, inson huquqlari
Maqolada axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan firibgarlik jinoyatining subyektiv belgilari jinoyat-huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Unda raqamli firibgarlikda qasdning shakllanishi, gʻarazli…
Статья анализирует десять судебных решений 2024 года по делам, в которых поведение правонарушителя обнаруживало признаки систематического цифрового преследования (киберпреследования). Опираясь на феминистскую правовую…
В условиях активизации транснациональной преступности и расширения международного сотрудничества в уголовно-правовой сфере институт экстрадиции приобретает особое значение как один из ключевых механизмов реализации…
Maqolada yuridik shaxslarni jinoyat huquqida jinoyat subyekti sifatida tan olish masalasi yoritilgan. Tadqiqot ishida yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligiga oid fiktiv, realistik, funksional va institutsional…
Mazkur maqolada ekstremizm tushunchalari va qonunchilikdagi javobgarlik masalalari, huquqbuzarliklar, xorij davlatlarning ilgor tajribalari aks etgan, jumladan, aksariyat xorijiy mamlakatlarda tahlil etilayotgan…
Mazkur maqolada jinoiy daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) tushunchasining umumiy nazariy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida ushbu hodisaning jinoyat-huquqiy mohiyati, uning zamonaviy iqtisodiy…
Mazkur maqolada jinoyat protsessida ekspertiza tayinlash tartibi, uning huquqiy asoslari hamda protsessual talablar kompleks tahlil qilingan. Xususan, ekspertiza tayinlashning umumiy, maxsus va protsessual asoslari, uni…
Mazkur maqolada jinoyat huquqidagi sababiy bog‘lanish, sababiyat zanjiri, uning shart-sharoitlari, mezonlari va qoidalari instrumental hamda qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mantiqiylik, induksiya…
The article examines the role of international cooperation in the formation and development of mechanisms employed by states to combat illicit trafficking in narcotic drugs. It considers the historical evolution of the…
В статье рассматриваются социальные, религиозные, нравственные, психологические и уголовно-правовые аспекты эвтаназии в контексте законодательства Республики Узбекистан. Анализируются аргументы сторонников и противников…
Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report — barcha maqolalar