BOJXONA TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZISH JINOYATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI VA OBYEKTIV BELGILARI

Xoliqov , Farhod, Kholikov , Farhod, Холиков , Фарход

Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada muallif tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatining obyektiv belgilariga oid ayrim mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, muallifning qayd etishicha, bugungi kunda rivojlangan bozor iqtisodiyoti va globallashuv jarayonlarida hech qaysi mamlakat o‘z qobig‘iga o‘ralib, faqat o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisobiga yashay olmaydi. Dunyo bozori mavjud ekan, mamlakatlar o‘rtasida xalqaro mehnat taqsimoti, tovarlarni ayirboshlash uchun eksport-import operatsiyalari ham mavjud bo‘ladi. Bunday tovarlarning turi va miqdori, albatta, muayyan davlatdagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqadi. Har bir mamlakat o‘z iqtisodiyotini tashkil etar ekan, ushbu holatlarni hisobga olishga majburdir. O‘zi ishlab chiqargan tovarlar hisobiga natural xo‘jalik asosida yashamoqchi bo‘lgan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, ular qoloqlik va qashshoqlikka mahkum bo‘ladilar. Ammo bunday sharoitda davlat hududiga kirib kelayotgan tovarlarning belgilangan standartlarga javob berishi, turi va sifati katta ahamiyat kasb etadi. Sifatsiz va tegishli standartlarga javob bermaydigan tovarlarning mamlakat hududiga olib kirilishi nafaqat aholi salomatligi, hayoti, balki davlat xavfsizligiga ham xavf tug‘diradi. Shu sababdan kamroq harakat qilib, ko‘proq foyda qilishni o‘ylagan jinoyatchilar turli yo‘llar va usullar orqali bunday tovarlarni mamlakat hududiga olib kirish (olib chiqish)ga harakat qiladilar. Shuning uchun ham barcha davlatlarda shu kabi holatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish maqsadida mamlakatning chegara hududlarida bojxona nazorati tashkil etiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXoliqov , Farhod, Kholikov , Farhod, Холиков , Фарход
JurnalКриминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report
Nashr sanasi2026-04-17
Jild2
Son4
Betlar46-57
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

goods, other valuables, customs, customs legislation, customs control, concealment, customs documents, declaration, transportation across the customs border of the Republic of Uzbekistan, товары, иные ценности, таможня, таможенное законодательство, таможенный контроль, сокрытие, таможенные документы, декларирование, перемещение через таможенную границу Республики Узбекистан, tovar, boshqa qimmatliklar, bojxona, bojxona qonunchiligi, bojxona nazorati, yashirib o‘tkazish, bojxona hujjatlari, deklaratsiya, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o‘tish

Ilmiy soha

Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report jurnalidan boshqa maqolalar

Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report — barcha maqolalar