Streptokinaza miokard infarkti va o‘pka tromboemboliyasini davolashda keng qo‘llaniladigan asosiy trombolitik preparatlardan biri hisoblanadi. Uning boshqa muqobil dori vositalariga nisbatan iqtisodiy jihatdan ancha arzonligi ushbu fermentni sanoat miqyosida ishlab chiqarish hamda uning yangi, takomillashtirilgan shakllarini yaratishga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu tadqiqotda Streptococcus pyogenes bakteriyasidan olingan Ska geni (1323 bp) pET28a+ plazmidasidan sovuq shok vektorlari pCold I va pCold TF plazmidalariga muvaffaqiyatli subklonlandi. Olingan rekombinant konstruktlar E. coli BL21 (DE3) shtammida 15℃ haroratda ekspressiya qilindi. SDS-PAGE tahlillari natijalari pCold I+Ska (~52.4 kDa) va pCold TF+Ska (~102.6 kDa) rekombinant oqsillari kutilgan o‘lchamlarda sintezlanganligini tasdiqladi. Bradford usulida miqdoriy tahlil natijalari pET28a+ tizimiga nisbatan pCold vektorlari oqsil eruvchanligini keskin oshirganligini ko‘rsatdi. Eng yuqori eruvchan oqsil miqdori Trigger Factor shaperoni tutuvchi pCold TF tizimida emas (0,053 g/L) balki pCold I vektorida (0,106 g/L) kuzatildi. Bu holat gen tarkibida gidrofobik aminokislotalardan iborat bo‘lgan tabiiy signal peptid borligi hamda u bilan yirik TF shaperon oqsili fazoviy shakllanishidagi (folding) ziddiyati orqali tushuntirildi.
| Mualliflar | Vohidov, Xushnut Tolib o'g'li, Xoliqov, Asqar Farhod o'g'li, Alimova, Barno Xasanovna, Maxsumxanov, Axmadjan A'zamxanovich |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashriyot | Қўқон давлат педагогика институти |
| ISSN | 3030-3958 |
| Nashr sanasi | 2026-10-10 |
| Jild | 8 |
| Son | 9 |
| Betlar | 1697-1705 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.70728/a.series.tab.v08.i09.218 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-10-11 |
DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i09.218 · Maqolaning asl sahifasi
Streptokinaza, pCold I, pCold TF, subklonlash, sovuq shok vektorlari, Escherichia coli, rekombinant oqsil ekspressiyasi, eruvchanlik, signal peptid.
| APA | Vohidov, Xushnut Tolib o'g'li, Xoliqov, Asqar Farhod o'g'li, Alimova, Barno Xasanovna, & Maxsumxanov, Axmadjan A'zamxanovich (2026). REKOMBINANT STREPTOKINAZA GENINI SOVUQ SHOK VEKTORLARIGA KLONLASH VA EKSPRESSIYA QILISH. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1697-1705. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.218 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Vohidov, Xushnut Tolib o'g'li va b. REKOMBINANT STREPTOKINAZA GENINI SOVUQ SHOK VEKTORLARIGA KLONLASH VA EKSPRESSIYA QILISH // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 9. – B. 1697-1705. – DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i09.218. |
| MLA | Vohidov, Xushnut Tolib o'g'li, Xoliqov, Asqar Farhod o'g'li, Alimova, Barno Xasanovna, and Maxsumxanov, Axmadjan A'zamxanovich. “REKOMBINANT STREPTOKINAZA GENINI SOVUQ SHOK VEKTORLARIGA KLONLASH VA EKSPRESSIYA QILISH.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1697-1705, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.218 |
| Chicago | Vohidov, Xushnut Tolib o'g'li, Xoliqov, Asqar Farhod o'g'li, Alimova, Barno Xasanovna, and Maxsumxanov, Axmadjan A'zamxanovich. “REKOMBINANT STREPTOKINAZA GENINI SOVUQ SHOK VEKTORLARIGA KLONLASH VA EKSPRESSIYA QILISH.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1697-1705 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.218 |
| Harvard | Vohidov, Xushnut Tolib o'g'li, Xoliqov, Asqar Farhod o'g'li, Alimova, Barno Xasanovna, and Maxsumxanov, Axmadjan A'zamxanovich (2026) ‘REKOMBINANT STREPTOKINAZA GENINI SOVUQ SHOK VEKTORLARIGA KLONLASH VA EKSPRESSIYA QILISH’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1697-1705. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.218 |
| BibTeX | @article{vohidovxushnuttolibogli2026,
title = {REKOMBINANT STREPTOKINAZA GENINI SOVUQ SHOK VEKTORLARIGA KLONLASH VA EKSPRESSIYA QILISH},
author = {Vohidov, Xushnut Tolib o'g'li and Xoliqov, Asqar Farhod o'g'li and Alimova, Barno Xasanovna and Maxsumxanov, Axmadjan A'zamxanovich},
journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
year = {2026},
volume = {8},
number = {9},
pages = {1697-1705},
doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i09.218},
url = {https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.218}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Maqolada Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi "Shuhrat" fermer xo‘jaligining sho‘rlangan tuproqlarining mikrobiologik tarkibini yaxshilashga yangi avlod TERIA-S mikrobiologik bioo‘g‘itining ta’siri o‘rganilgan. TERIA-S va…
Maqolada Silphium perfoliatum L. o‘simligining O‘zbekistonning agroekologik sharoitida o‘sishi, rivojlanishi va bioproduktivligiga asosiy agrotexnologik omillarning ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar 2023–2025 yillarda…
В данной статье рассматривается актуальность использования генофонда диких сородичей в повышении устойчивости мягкой пшеницы к биотическим и абиотическим стрессовым факторам. Особое внимание уделено вопросам интеграции…
Maqolada O‘zbekiston florasidagi eng boy dorivor, aromatik va efir moyli o‘simliklar oilasi hisoblangan Lamiaceae Lindl. oilasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Turlarning vertikal mintaqalar va turli edafik yashash…
Ushbu maqolada Leonurus L. turkumiga oid jahon ilmiy adabiyotlarining Scopus ma’lumotlar bazasi orqali bibliometrik tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot 1968-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan yarim asrlik davrni qamrab oladi…
Mazkur ishda kaltsiy polisulfid asosida oltingugurtni ajratib olish jarayoni ko‘rib chiqildi. Polisulfid eritmasiga xlorid kislota tomchilab kiritilganda, kimyoviy reaksiyalar natijasida suvda eriydigan kaltsiy xlorid…
Ushbu maqolada Miscanthus va Broussonetia papyrifera lignosellyulozali biomassalarining tarkibi hamda ularni biopolimer va bioadsorbent materiallar olish uchun ekologik fraksiyalash imkoniyatlari qiyosiy tahlil qilindi…
Ushbu tadqiqotda ishlatilgan transformator moyini sorbsion regeneratsiya qilish jarayonida sorbent–moy nisbati, harorat va kontakt vaqtining moy kislota soniga ta’siri o‘rganilgan. Tajribalar sorbent–moy nisbatining 5…
В работе оценено влияние карбоксиметилцеллюлозы и карбоната кальция на устойчивость пены на основе анионного поверхностно-активного вещества. Сопоставлены четыре состава без нефти и при добавлении 2,5 мл нефти к каждому…
Mazkur tadqiqotda biostimulyator qo‘llanilgan sharoitda gidroponik va tuproq muhitida unib chiqqan mahalliy bug‘doy donlarining oziqaviy ko‘rsatkichlari qiyosiy baholandi. Tadqiqotda 8 kun davomida yetishtirilgan…
Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi