Ushbu maqolada jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning protsessual asoslari bo‘lgan ish yuritishni rad etish va tugatish instituti hamda jinoyat-protsessual qonunchilikning rahbariy qoidalari hisoblangan jinoyat-protsessual kodeksi prinsiplarining o‘zaro mutanosibligi holatlari tadqiq etilgan. Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksi prinsiplarining ahamiyati, qonunchilik va qonunchilikning mazkur sohasi rivojida tutgan o‘rni borasidagi fikr va qarashlar tahlil qilingan. Maqolada jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish va jinoyat ishini tugatish amaliyotidagi o‘zaro nomutanosibliklar hamda kollizion holatlar yoritilgan. Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksi prinsiplaridan biri hisoblangan jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsipi, uning mavjud bo‘lish sababi, qonunchilikda belgilanishi, o‘zgarish tendensiyasi va uning tutgan o‘rni borasida fikrlar o‘rganilgan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llangan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar, tergov hamda sud amaliyoti ko‘rib chiqilgan. Buning natijasi o‘laroq, Jinoyat-protsessual kodeksiga tegishli o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
| Mualliflar | Ataniyazov , Jasurbek, Ataniyazov , Jasurbek, Атаниязов , Жасурбек |
|---|---|
| Jurnal | Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report |
| Nashr sanasi | 2026-04-17 |
| Jild | 3 |
| Son | 1 |
| Betlar | 46-55 |
| Til | O‘zbek |
principles, guidelines, inevitability of initiation of a criminal case, termination of a criminal case, refusal, public danger, принципы, руководящие положения, неизбежность возбуждения уголовного дела, прекращение уголовного дела, отказ, общественная опасность, prinsiplar, rahbariy qoidalar, jinoyat ishini qo‘zg‘atish muqarrarligi, jinoyat ishini tugatish, rad etish, ijtimoiy xavflilik
Ushbu maqolada uyushgan guruhlarni sodir etgan jinoyati uchun tergov qilishda tergov harakatlari o‘tkazishning muhim jihatlari yoritilgan. Shuningdek, tergovchi va operativ-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar…
Jinoyat qonunchiligining samarali tizimini yaratish davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish…
Mazkur maqolada huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasining milliy va xorijiy tajribasi tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada Kriminologiya fani doirasida jabrlanuvchining turli jihatlarini kompleks tadqiq…
Mazkur maqolada iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning bir turi sifatida bojxona qonunchiligi buzilishining obyektiv belgilari tahlil qilingan. Maqolada ushbu jinoyat obyekti o‘rganilgan hamda umumiy, maxsus…
Ushbu maqolada Braziliya Federativ Respublikasi jinoyat qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan jazoni yengillashtirish instituti, shu jumladan, jinoyat qonunining ortga qaytish kuchi, tamom bo‘lmagan jinoyatlarning…
В данной статье исследованы понятие и содержание криминологической характеристики преступника-захватчика. Рассмотрены характерные черты преступника-захватчика в преступлении захвата заложника, формирующие криминогенную…
Maqolada advokatning jinoyat-protsessual vakolatlarini amalga oshirishi bilan bogʻliq huquqiy muammolar ochib berilgan. Ushbu sohaga doir Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligi qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan…
Ushbu maqolada ishni tergov qilish va sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli sodir etilgan qilmish yoki shaxs o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod etishda ish…
Ushbu maqolada hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishda xorij amaliyotining muhim jihatlari yoritilgan. Hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli…
Maqolada muallif tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish jinoyatining obyektiv belgilariga oid ayrim mulohazalar bayon qilingan. Shuningdek, muallifning qayd etishicha, bugungi kunda rivojlangan bozor…
Криминология ва жиноий одил судлов / TSUL Legal Report — barcha maqolalar