IJTIMOIY MEDIANI SHAKLLANTIRUVCHI FUNKSIONAL BLOKLAR VA ULARNING VIRTUAL DUNYODA QO’LLANILISHI

Xalimova, N.J.

Иқтисодиёт ва туризм · 2022-yil

Annotatsiya

Dunyo global rivojlanib borayotgani sari, insonlarning ehtoyoji kundan kun ortib bormoqda, aloqa qilish vositalari rivojlanmoqda, buning natijasida, dunyo aholisi bir-biri bilan yanada yaqinlashmoqda. Ularning yaqinligi nafaqat kommunikatsiyada, balki, yashash tarzi, madaniyat, ijtimoiy va shaxsiy hayot, til, din, biznes, rivojlanish va hattoki ovqatlanish tarzida ham o’z aksini topmoqda. Bugungi kunda, dunyoning qaysi nuqtasida bo’lishimizdan qat’iy nazar, bizni mustahkam bog’lab turgan, minglab kilometrlarni yo’q qilgan vosita mavjud. Ushbu muhim kashfiyot, zamonaviy til bilan aytganda “ijtimoiy media” deb ataladi. Ushbu maqolada ijtimoiy media, unga bir nechta olimlar tomonidan berilgan ta’riflar, uni tashkil qiluvchi funksional bloklar hamda ushbu funksiyalarning platformadagi vazifalari yoritilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXalimova, N.J.
JurnalИқтисодиёт ва туризм
Nashr sanasi2022-05-06
Jild2
Son2
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

Ijtimoiy media, platformalar, ijtimoiy media funksiyalari, foydalanuvchilar, ijtimoiylik

Ilmiy soha

Иқтисодиёт ва туризм jurnalidan boshqa maqolalar

Иқтисодиёт ва туризм — barcha maqolalar