Peripartal kardiomiopatiyada qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha remodelingi, vegetativ regulyatsiya va prolaktin darajasi bilan bog‘liqligi

Xudoyberganov, Otabek, Abdullaev, Timur

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Maqsad. Peripartal kardiomiopatiya (PKMP) bilan ogʻrigan bemorlarda qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha otish fraksiyasi (ChQ OF), yurak ritmi variabelligi (YuRV) va qondagi prolaktin darajasi bilan bogʻliqligini hamda ularning prognostik ahamiyatini baholash. Material va usullar. Tadqiqotga NYHA boʻyicha II–IV funksional sinf yurak yetishmovchiligi bilan kechgan PKMPli 130 nafar bemor kiritildi. Barcha bemorlarda 12 tarmoqli EKG, sutkalik Xolter EKG monitoringi (XMEKG) bilan YuRV tahlili, transtorakal exokardiografiya hamda NT-proBNP, prolaktin va C-reaktiv oqsil (CRO) tekshiruvlari oʻtkazildi. Qorinchalar ekstrasistoliyasi (QE) aniqlangan 90 nafar bemor ChQ OF (≤30% va 31–45%) hamda prolaktin darajasi (>496 va ≤496 μIU/ml) boʻyicha guruhlarga ajratildi. Kuzatuv muddati 1 yilni tashkil etdi. Natijalar. QE 90 (69,2%) bemorda aniqlandi; ulardan Lown boʻyicha III sinf 42,2%, IVA 48,9%, IVB (guruhli QE) 21,1%, shu jumladan noturgʻun qorinchalar taxikardiyasi (QT) 8,9% holatda qayd etildi. ChQ OF ≤30% boʻlgan bemorlarda IVA sinf QE (57,1% va 39,0%) va noturgʻun QT (12,2% va 4,9%) koʻproq uchradi, biroq farqlar statistik ahamiyat chegarasiga yetmadi. Giperprolaktinemiyada III sinf (52,7% va 25,7%; p=0,011) va IVA sinf QE (58,2% va 34,3%; p=0,027) ishonchli koʻp uchradi, CRO darajasi esa 2,7 baravar yuqori boʻldi (18,5±11,0 va 6,8±3,8 mg/l; p<0,001). Ogʻir sistolik disfunksiyada YuRVning spektral koʻrsatkichlari (LF, HF, LF/HF) va RMSSD guruhlararo farqlandi (p=0,019–0,048). 12 oylik davo fonida ChQ OF I guruhda 29,6% dan 41,6% gacha, II guruhda 40,3% dan 52,7% gacha oshdi. Bir yillik kuzatuvni tugatgan 82 nafar bemordan 6 nafari (7,3%) vafot etdi: 3 nafari yurak yetishmovchiligi progressiyasi, yana 3 nafari toʻsatdan yurak oʻlimi sababli. Xulosa. PKMPda yuqori gradatsiyali qorinchalar aritmiyalari ogʻir sistolik disfunksiya, chap qorincha dilatatsiyasi va giperprolaktinemiya bilan birga kechadi. Prolaktin darajasining oshishi aritmogen xavf va yalligʻlanish faolligining kuchayishi bilan bogʻliq. ChQ OF ≤30%, noturgʻun QT va EKGdagi QS kompleksi hamda Gis tutami chap oyoqchasining toʻliq qamali ogʻir kechish bilan birga uchraydi; ularning prognostik ahamiyati kattaroq tanlanmada tasdiqlanishi kerak.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXudoyberganov, Otabek, Abdullaev, Timur
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
NashriyotТТА Урганч филиали
ISSN3093-8740
Nashr sanasi2026-11-23
Jild2
Son6
Betlar218-228
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-11-24

Kalit so‘zlar

peripartal kardiomiopatiya, qorinchalar aritmiyalari, Xolter monitoringi, yurak ritmi variabelligi, prolaktin

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAXudoyberganov, Otabek, & Abdullaev, Timur (2026). Peripartal kardiomiopatiyada qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha remodelingi, vegetativ regulyatsiya va prolaktin darajasi bilan bog‘liqligi. Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(6), 218-228. http://journal.urdti.uz/index/article/view/1267
GOST (OAK)Xudoyberganov, Otabek, Abdullaev, Timur Peripartal kardiomiopatiyada qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha remodelingi, vegetativ regulyatsiya va prolaktin darajasi bilan bog‘liqligi // Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали. – 2026. – T. 2, № 6. – B. 218-228.
MLAXudoyberganov, Otabek, and Abdullaev, Timur. “Peripartal kardiomiopatiyada qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha remodelingi, vegetativ regulyatsiya va prolaktin darajasi bilan bog‘liqligi.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(6), 218-228, 2026. http://journal.urdti.uz/index/article/view/1267
ChicagoXudoyberganov, Otabek, and Abdullaev, Timur. “Peripartal kardiomiopatiyada qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha remodelingi, vegetativ regulyatsiya va prolaktin darajasi bilan bog‘liqligi.” Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(6), 218-228 (2026). http://journal.urdti.uz/index/article/view/1267
HarvardXudoyberganov, Otabek, and Abdullaev, Timur (2026) ‘Peripartal kardiomiopatiyada qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha remodelingi, vegetativ regulyatsiya va prolaktin darajasi bilan bog‘liqligi’, Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали, 2(6), 218-228. http://journal.urdti.uz/index/article/view/1267
BibTeX
@article{xudoyberganovotabek2026,
  title = {Peripartal kardiomiopatiyada qorinchalar aritmiyalarining chap qorincha remodelingi, vegetativ regulyatsiya va prolaktin darajasi bilan bog‘liqligi},
  author = {Xudoyberganov, Otabek and Abdullaev, Timur},
  journal = {Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали},
  year = {2026},
  volume = {2},
  number = {6},
  pages = {218-228},
  url = {http://journal.urdti.uz/index/article/view/1267}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Xudoyberganov, Otabek — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari