Qadimgi davr va ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona–xitoy munosabatlarining tarixshunoslikda o‘rganilishi: asosiy bosqichlar va yondashuvlar

Shamsieva, Makhfuzakhon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada qadimgi davr va ilk o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysi bilan Xitoy o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy munosabatlarning tarixshunoslikda o‘rganilish bosqichlari tahlil qilinadi. “Shiji”, “Hanshu”, “Hou Hanshu”, “Beishi”, “Suishu”, “Jiu Tangshu” va “Xin Tangshu” kabi Xitoy yozma manbalaridagi Farg‘onaga oid ma’lumotlarning XIX–XXI asrlarda ilmiy muomalaga kiritilishi, tarjima qilinishi va talqin etilishi G‘arb, Rossiya–sovet, Xitoy, Yaponiya hamda O‘zbekiston tarixshunosligi kesimida ko‘rib chiqiladi. F.Hirt, E.Shavann, N.Bichurin, N.Kyuner, A.Bernshtam, U.Tarn, H.Gibb, E.Xulseve, A.Malyavkin, Y.Zadneprovskiy, N.Gorbunova, O.Smirnova, Y.Inshi, K.Bekvit, S.Stark, Tsen Chjunmyan, Yu Tayshan, Van Syaofu, Syu Syuya, A.Xo‘jayev, A.Abdurasul o‘g‘li, B.Matboboyev, S.Yuldashev, X.Azimov, M.Xubbaliyeva, Chjan Ay Mey va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Davan–Xan munosabatlari, “samoviy otlar”, Dayuan atamasining etimologiyasi, Ershi va Davan siyosiy markazlarining lokalizatsiyasi, shuningdek, VI–VIII asrlarda Farg‘onaning G‘arbiy Turk xoqonligi va Tan imperiyasi bilan munosabatlari tarixshunoslikdagi asosiy muammolar sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Mingtepa, Aravon, Ayrimachtau va Axsikent bo‘yicha olib borilgan arxeologik tadqiqotlar hamda O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma ekspeditsiyalari natijalarining yozma manbalardagi ma’lumotlarni qayta baholashdagi o‘rni aniqlanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarShamsieva, Makhfuzakhon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-11-12
Jild7
Son5
Betlar483-496
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTarix
Indeksga qo‘shilgan2026-11-23

Kalit so‘zlar

Farg‘ona, Xitoy, Davan, Dayuan, Xan imperiyasi, Tan imperiyasi, Chjan Syan, Ershi, Mingtepa, Axsikent, tarixshunoslik, xitoyshunoslik, “samoviy otlar”, Buyuk ipak yo‘li., Fergana, China, Dayuan, Han Empire, Tang Empire, Zhang Qian, Ershi, Mingtepa, Aksikent, historiography, Sinology, “Heavenly Horses, ” Silk Road.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAShamsieva, Makhfuzakhon (2026). QADIMGI DAVR VA ILK O‘RTA ASRLARDA FARG‘ONA–XITOY MUNOSABATLARINING TARIXSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI: ASOSIY BOSQICHLAR VA YONDASHUVLAR. FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 483-496. https://journal.fdu.uz/main/article/8549
GOST (OAK)Shamsieva, Makhfuzakhon QADIMGI DAVR VA ILK O‘RTA ASRLARDA FARG‘ONA–XITOY MUNOSABATLARINING TARIXSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI: ASOSIY BOSQICHLAR VA YONDASHUVLAR // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 5. – B. 483-496.
MLAShamsieva, Makhfuzakhon. “QADIMGI DAVR VA ILK O‘RTA ASRLARDA FARG‘ONA–XITOY MUNOSABATLARINING TARIXSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI: ASOSIY BOSQICHLAR VA YONDASHUVLAR.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 483-496, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/8549
ChicagoShamsieva, Makhfuzakhon. “QADIMGI DAVR VA ILK O‘RTA ASRLARDA FARG‘ONA–XITOY MUNOSABATLARINING TARIXSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI: ASOSIY BOSQICHLAR VA YONDASHUVLAR.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 483-496 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/8549
HarvardShamsieva, Makhfuzakhon (2026) ‘QADIMGI DAVR VA ILK O‘RTA ASRLARDA FARG‘ONA–XITOY MUNOSABATLARINING TARIXSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI: ASOSIY BOSQICHLAR VA YONDASHUVLAR’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 483-496. https://journal.fdu.uz/main/article/8549
BibTeX
@article{shamsievamakhfuzakhon2026,
  title = {QADIMGI DAVR VA ILK O‘RTA ASRLARDA FARG‘ONA–XITOY MUNOSABATLARINING TARIXSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI: ASOSIY BOSQICHLAR VA YONDASHUVLAR},
  author = {Shamsieva, Makhfuzakhon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {5},
  pages = {483-496},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/8549}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Shamsieva, Makhfuzakhon — boshqa maqolalari

Tarix sohasidagi boshqa maqolalar

Tarix sohasidagi OAK jurnallari