Namangan Viloyati tog‘oldi hududidan yig‘ib olingan asalari propolisining element tarkibini icp-aes usulida aniqlash va xavfsizlikni baholash

Yaqubov, Xojiakbar, Raxmatilla, Dexkonov

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Namangan viloyati Pop tumanining tog‘oldi biotsenozi sharoitida parvarishlanayotgan asalarilar oilalaridan yig‘ib olingan propolis namunalarining makro-, mikro- va potensial toksik elementlar tarkibini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotning maqsadi — mahalliy sharoitda olingan propolisning anorganik profili va sanitariya-gigiyena xavfsizligini zamonaviy analitik usullar yordamida baholashdan iborat. Tadqiqot usullari: namunalarni yopiq mikroto‘lqinli minerallash (Milestone Ethos Easy) tizimida kislota yordamida parchalash va induktiv bog‘langan plazmali optik-emission spektrometriya (ICP-AES, Avio 200, PerkinElmer) usulidan foydalanildi. Metrologik ishonchlilik 5 ta mustaqil asalari oilasidan olingan xomashyolardan tayyorlangan 3 ta analitik namuna asosida jami 9 ta parallel o‘lchov (n = 3, p = 0.95) orqali ta’minlandi. Olingan natijalar: Propolisda makroelementlardan kaliy K (3719.4 mg/kg), kalsiy Ca (3341.8 mg/kg), oltingugurt S (2047.0 mg/kg), natriy Na (844.2 mg/kg), magniy Mg (783.9 mg/kg), shuningdek mikroelementlardan temir Fe (872.2 mg/kg) va alyuminiy Al (725.5 mg/kg) ustunlik qilishi aniqlandi. As, Cd, Sn, Ag va Hg miqdorlari aniqlash chegarasidan past (<LOD) bo‘ldi. Qo‘rg‘oshin (Pb) miqdori 5.2 mg/kg (U = 4.2%, k = 2) ni tashkil etib, O‘zbekiston Respublikasining SanPiN №0366-19 va TR TS 021/2011 me’yorlaridagi MDU (5.0 mg/kg) qiymatidan yuqori yoki unga teng oraliqda (4.98–5.42 mg/kg) bo‘ldi; shu sababli me’yorga muvofiqligini tasdiqlab bo‘lmaydi (noaniq zona).

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYaqubov, Xojiakbar, Raxmatilla, Dexkonov
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-11-13
Jild7
Son6
Betlar28-33
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-11-22

Kalit so‘zlar

Propolis, Apis mellifera, ICP-AES, makroelementlar, mikroelementlar, element tarkibi, toksik elementlar, SanPiN, o‘lchov noaniqligi., Propolis, Apis mellifera, ICP-AES, macroelements, microelements, elemental composition, toxic elements, SanPiN, measurement uncertainty.

Iqtibos keltirish

APAYaqubov, Xojiakbar, & Raxmatilla, Dexkonov (2026). NAMANGAN VILOYATI TOG‘OLDI HUDUDIDAN YIG‘IB OLINGAN ASALARI PROPOLISINING ELEMENT TARKIBINI ICP-AES USULIDA ANIQLASH VA XAVFSIZLIKNI BAHOLASH. FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 28-33. https://journal.fdu.uz/main/article/8427
GOST (OAK)Yaqubov, Xojiakbar, Raxmatilla, Dexkonov NAMANGAN VILOYATI TOG‘OLDI HUDUDIDAN YIG‘IB OLINGAN ASALARI PROPOLISINING ELEMENT TARKIBINI ICP-AES USULIDA ANIQLASH VA XAVFSIZLIKNI BAHOLASH // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 6. – B. 28-33.
MLAYaqubov, Xojiakbar, and Raxmatilla, Dexkonov. “NAMANGAN VILOYATI TOG‘OLDI HUDUDIDAN YIG‘IB OLINGAN ASALARI PROPOLISINING ELEMENT TARKIBINI ICP-AES USULIDA ANIQLASH VA XAVFSIZLIKNI BAHOLASH.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 28-33, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/8427
ChicagoYaqubov, Xojiakbar, and Raxmatilla, Dexkonov. “NAMANGAN VILOYATI TOG‘OLDI HUDUDIDAN YIG‘IB OLINGAN ASALARI PROPOLISINING ELEMENT TARKIBINI ICP-AES USULIDA ANIQLASH VA XAVFSIZLIKNI BAHOLASH.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 28-33 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/8427
HarvardYaqubov, Xojiakbar, and Raxmatilla, Dexkonov (2026) ‘NAMANGAN VILOYATI TOG‘OLDI HUDUDIDAN YIG‘IB OLINGAN ASALARI PROPOLISINING ELEMENT TARKIBINI ICP-AES USULIDA ANIQLASH VA XAVFSIZLIKNI BAHOLASH’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(6), 28-33. https://journal.fdu.uz/main/article/8427
BibTeX
@article{yaqubovxojiakbar2026,
  title = {NAMANGAN VILOYATI TOG‘OLDI HUDUDIDAN YIG‘IB OLINGAN ASALARI PROPOLISINING ELEMENT TARKIBINI ICP-AES USULIDA ANIQLASH VA XAVFSIZLIKNI BAHOLASH},
  author = {Yaqubov, Xojiakbar and Raxmatilla, Dexkonov},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {6},
  pages = {28-33},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/8427}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi