Taxmisda ijodiy an’ananing davomiyligi (Qo‘qon adabiy muhitidan yangi davr o‘zbek she’riyatigacha)

Muhammadiyev Axadjon Maxmudovich, Fayzullayeva Sevara Sayfullayevna

World of Philology · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada taxmis janri ijodiy an’ananing avloddan avlodga o‘tish yo‘li sifatida tadqiq etiladi. Mumtoz adabiyot tarixida an’ana ko‘pincha ikki nom orasidagi munosabat - ustoz va izdosh, asos matn va unga ergashgan matn ko‘rinishida tasavvur qilinadi. Mualliflar bu qarashni yetarli emas deb hisoblaydilar: ulug‘ shoir merosi keyingi avlodlarga bevosita, ya’ni devon orqali emas, oraliq adabiy muhitlar vositasida yetib boradi. Maqola natijalari mumtoz meros bilan zamonaviy she’riyat o‘rtasidagi aloqani bir butun jarayon sifatida talqin qilish, shuningdek, adabiy muhitlarning vorislikdagi vositachilik vazifasini aniqlashtirish imkonini beradi. XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshidagi Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalari hamda yangi davr o‘zbek she’riyati vakillarining Alisher Navoiy g‘azallariga bog‘lagan taxmislari yagona mezonlar tizimi asosida qiyoslanadi. Taqqoslash shakliy ko‘rsatkichlar (matla’ baytining saqlanishi, baytlar ketma-ketligi, hajmning asos g‘azal bilan chegaralanishi, vazn mosligi, taxallusning band ichidagi o‘rni) va mazmuniy ko‘rsatkichlar (obrazlar tizimi, lug‘aviy qatlamning ikki qatlam bo‘yicha taqsimoti, eski o‘zbek adabiy tiliga xos shakllarning qo‘llanishi) bo‘yicha olib boriladi. Tahlil natijasida ikkita izdoshlik silsilasi aniqlanadi. Birinchisi - Navoiy, Muhayyir va Muqimiy ijodini bog‘laydigan silsila bo‘lib, unda bir shoir bir vaqtning o‘zida ham izdosh, ham asos g‘azal muallifi sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchisi - Navoiy, Yusuf Saryomiy va Ochildi Qo‘ysun ijodini bog‘laydigan silsila bo‘lib, u “yali-yali” radifli g‘azal matni misolida bandma-band asoslanadi. Shu asosda taxmisnavislik an’anasi ustoz bilan izdosh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabat bilan cheklanmasligi, balki bir necha bo‘g‘indan iborat uzluksiz adabiy vorislik jarayoni sifatida namoyon bo‘lishi dalillanadi. Qiyosiy tahlil, shuningdek, janrning shakliy me’yori uch asr davomida deyarli o‘zgarmaganini, lisoniy va obrazli qatlami esa izchil yangilanganini ko‘rsatadi: tasavvufiy ramzlar asos matn zimmasida qoladi, ijtimoiy-ma’rifiy leksika esa taxmisnavis qatlamiga o‘tadi. Mazkur siljish yangi davrning ixtirosi bo‘lmay, XIX asr Qo‘qon muhitida boshlangan soddalashuv jarayonining davomi ekani asoslanadi. bo‘ysunadi. Janr cheklovi taxmisnavisni asos matn tiliga taqlid qilishga emas, aksincha, o‘z davrining tiliga qaytishga olib keladi. Xulosa 1. Taxmis Qo‘qon adabiy muhitida mumtoz merosga munosabat bildirishning muntazam shakli bo‘lgan va aynan shu muntazamligi tufayli an’anani keyingi avlodga olib o‘tuvchi vazifani bajargan. 2. Taxmisnavislik an’anasi “ustoz - izdosh” ko‘rinishidagi ikki munosabat emas. Muhayyir misolida ko‘rinadiki, bir shoir bir vaqtning o‘zida ham izdosh, ham asos muallif bo‘la oladi; natijada Navoiy - Muhayyir - Muqimiy ko‘rinishidagi uch avlod vorislik silsilasi hosil bo‘ladi. 3. Yusuf Saryomiy devonidagi “yali-yali” radifli taxmisi va Ochildi Qo‘ysunning ayni shu g‘azalga bog‘lagan taxmisi ikkinchi silsilani tashkil etadi. Bandma-band qiyoslash asos baytlarning aniqligini ko‘rsatadi, bu esa an’ananing XXI asrgacha uzilmay yetib kelganini matniy dalil bilan tasdiqlaydi. 4. Janrning shakliy me’yori barqaror: matla baytining saqlanishi, baytlar tartibining buzilmasligi va hajmning asos g‘azal bilan chegaralanishi o‘zgarmagan. Qisqartirish esa muntazam ravishda g‘azalning o‘rta qismiga yo‘naladi. 5. An’ananing o‘zgaruvchan tomoni lisoniy va obrazli qatlamda namoyon bo‘ladi: tasavvufiy ramzlar asos matn zimmasida qoladi, ij

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMuhammadiyev Axadjon Maxmudovich, Fayzullayeva Sevara Sayfullayevna
JurnalWorld of Philology
NashriyotЎзбекистон давлат санъат ва маданият институтининг Фарғона минтақавий филиали
Nashr sanasi2026-10-13
Jild5
Son10
Betlar89-97
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

taxmis, muxammas, ijodiy an’ana, adabiy vorislik, Alisher Navoiy, Qo‘qon adabiy muhiti, Muhayyir, Yusuf Saryomiy

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMuhammadiyev Axadjon Maxmudovich, & Fayzullayeva Sevara Sayfullayevna (2026). TAXMISDA IJODIY AN’ANANING DAVOMIYLIGI (QO‘QON ADABIY MUHITIDAN YANGI DAVR O‘ZBEK SHE’RIYATIGACHA). World of Philology, 5(10), 89-97. https://journals-kokandsu.uz/index.php/philo/article/view/7469
GOST (OAK)Muhammadiyev Axadjon Maxmudovich, Fayzullayeva Sevara Sayfullayevna TAXMISDA IJODIY AN’ANANING DAVOMIYLIGI (QO‘QON ADABIY MUHITIDAN YANGI DAVR O‘ZBEK SHE’RIYATIGACHA) // World of Philology. – 2026. – T. 5, № 10. – B. 89-97.
MLAMuhammadiyev Axadjon Maxmudovich, and Fayzullayeva Sevara Sayfullayevna. “TAXMISDA IJODIY AN’ANANING DAVOMIYLIGI (QO‘QON ADABIY MUHITIDAN YANGI DAVR O‘ZBEK SHE’RIYATIGACHA).” World of Philology, 5(10), 89-97, 2026. https://journals-kokandsu.uz/index.php/philo/article/view/7469
ChicagoMuhammadiyev Axadjon Maxmudovich, and Fayzullayeva Sevara Sayfullayevna. “TAXMISDA IJODIY AN’ANANING DAVOMIYLIGI (QO‘QON ADABIY MUHITIDAN YANGI DAVR O‘ZBEK SHE’RIYATIGACHA).” World of Philology, 5(10), 89-97 (2026). https://journals-kokandsu.uz/index.php/philo/article/view/7469
HarvardMuhammadiyev Axadjon Maxmudovich, and Fayzullayeva Sevara Sayfullayevna (2026) ‘TAXMISDA IJODIY AN’ANANING DAVOMIYLIGI (QO‘QON ADABIY MUHITIDAN YANGI DAVR O‘ZBEK SHE’RIYATIGACHA)’, World of Philology, 5(10), 89-97. https://journals-kokandsu.uz/index.php/philo/article/view/7469
BibTeX
@article{muhammadiyevaxadjonmaxmudovich2026,
  title = {TAXMISDA IJODIY AN’ANANING DAVOMIYLIGI (QO‘QON ADABIY MUHITIDAN YANGI DAVR O‘ZBEK SHE’RIYATIGACHA)},
  author = {Muhammadiyev Axadjon Maxmudovich and Fayzullayeva Sevara Sayfullayevna},
  journal = {World of Philology},
  year = {2026},
  volume = {5},
  number = {10},
  pages = {89-97},
  url = {https://journals-kokandsu.uz/index.php/philo/article/view/7469}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

World of Philology jurnalidan boshqa maqolalar

World of Philology — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Muhammadiyev Axadjon Maxmudovich — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari