“Mavsumiy qarz spirali” mexanizmi va uni uzish yoʻllari (“Maxam-chirchiq” AJ misolida)

Kilichev , Alisher

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada mavsumiy mahsulot ishlab chiqaruvchi yirik sanoat korxonasining mavsumiy moliyaviy ehtiyojlarini qoplash manbalari va qarzdorlik dinamikasi “Maxam-Chirchiq” AJning 2021–2026-yillardagi yillik hisobotlari, oylik pul oqimlari va qarzdorlik rasshifrovkalari asosida tahlil qilingan. Ichki manbalar qisqarishi sharoitida moliyalashtirish ogʻirligining kreditorlik qarzi va bank kreditiga koʻchishi miqdoriy baholangan: kreditorlik qarzi ikki yilda 50,2 mlrd soʻmdan 1 226,0 mlrd soʻmgacha (24,4 barobar), shu jumladan tabiiy gaz yetkazib beruvchi oldidagi qarz 820,9 mlrd soʻmgacha, foiz xarajatlari uch yilda 3,8 dan 101,4 mlrd soʻmgacha oshgan. Bank kreditlarining jalb qilinish oylari pul tushumining mavsumiy chuqurligiga toʻgʻri kelishi, dividend majburiyatlarining mavsumiy likvidlik bilan muvofiqlashtirilmaganligi (320,6 mlrd soʻm qarz) va gaz uchun 100 foiz oldindan toʻlov rejimining mavsumiy uzilishni kuchaytirishi aniqlangan. “Mavsumiy qarz spirali” mexanizmi beshta ketma-ket bosqichda tavsiflangan va uning davlat aralashuvi (qarzni restrukturizatsiya qilish) orqali uzilishi keys sifatida koʻrsatilgan. Spiralni oldini olishning tizimli yechimlari — mavsumiy siklga moslashtirilgan kredit liniyalari, ombor guvohnomalari asosidagi moliyalashtirish, oldindan toʻlovli forvard shartnomalari, sikl yakunidagi muvozanatga bogʻlangan dividend qoidasi va bank regulyatsiyasida mavsumiy qarzdorlar uchun alohida rejim taklif etilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKilichev , Alisher
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-10-05
Jild19
Betlar107-110
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

mavsumiy moliyalashtirish, aylanma mablagʻlar, kreditorlik qarzi, bank krediti, foiz xarajatlari, qarz spirali, restrukturizatsiya, dividend siyosati, ombor guvohnomasi, oldindan toʻlov.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAKilichev , Alisher (2026). “MAVSUMIY QARZ SPIRALI” MEXANIZMI VA UNI UZISH YOʻLLARI (“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ MISOLIDA). Қўқон университети хабарномаси, 19, 107-110. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1858
GOST (OAK)Kilichev , Alisher “MAVSUMIY QARZ SPIRALI” MEXANIZMI VA UNI UZISH YOʻLLARI (“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ MISOLIDA) // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 19. – B. 107-110.
MLAKilichev , Alisher. ““MAVSUMIY QARZ SPIRALI” MEXANIZMI VA UNI UZISH YOʻLLARI (“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ MISOLIDA).” Қўқон университети хабарномаси, 19, 107-110, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1858
ChicagoKilichev , Alisher. ““MAVSUMIY QARZ SPIRALI” MEXANIZMI VA UNI UZISH YOʻLLARI (“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ MISOLIDA).” Қўқон университети хабарномаси, 19, 107-110 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1858
HarvardKilichev , Alisher (2026) ‘“MAVSUMIY QARZ SPIRALI” MEXANIZMI VA UNI UZISH YOʻLLARI (“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ MISOLIDA)’, Қўқон университети хабарномаси, 19, 107-110. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1858
BibTeX
@article{kilichevalisher2026,
  title = {“MAVSUMIY QARZ SPIRALI” MEXANIZMI VA UNI UZISH YOʻLLARI (“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ MISOLIDA)},
  author = {Kilichev , Alisher},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {19},
  pages = {107-110},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1858}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Kilichev , Alisher — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari