Keramik buyumlar uchun Na2O-K2O-Al2O3-B2O3-SiO2 tizimi asosida sir qoplama tarkiblarini ishlab chiqish

Matkarimov, Zaynobiddin Turdalievich, Otaqo'ziyev, Ziyodullo Abdullojonovich, Matkarimova, Nigora Sagdullayevna

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Sanoat ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘ladigan chiqindilarni samarali utilizatsiya qilish, ularni qayta ishlash va ikkilamchi xomashyo sifatida ishlab chiqarish jarayonlariga qayta jalb etish zamonaviy materialshunoslik va ekologik muhofazaning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, mineral va silikat tarkibli sanoat chiqindilarining to‘planishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir qatorda, ularning tarkibida mavjud bo‘lgan foydali komponentlardan foydalanilmay qolishiga olib keladi. Shu sababli chiqindilarni nafaqat utilizatsiya qilish, balki ularning kimyoviy va mineralogik tarkibidan kelib chiqib, texnologik jihatdan qiymatli ikkilamchi xomashyo sifatida qayta baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunday istiqbolli chiqindilardan biri tibbiyot ampulalari ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan shisha chiqindilari hisoblanadi. Ushbu chiqindilar dastlabki xomashyolardan yuqori haroratli eritish jarayoni orqali olingan silikat material bo‘lgani sababli, tarkibida asosan SiO₂, shuningdek Na₂O, CaO, Al₂O₃, MgO va boshqa komponentlar mavjud bo‘lishi mumkin. Mazkur oksidlarning mavjudligi shisha chiqindilariga qayta ishlash jarayonida nisbatan faol xomashyo xususiyatini beradi. Xususan, SiO₂ shishasimon fazaning asosiy strukturaviy komponenti bo‘lsa, ishqoriy va ishqoriy-yer metall oksidlari materialning yumshash va erish haroratiga, suyuq faza hosil bo‘lishiga hamda pishirish jarayonidagi sinterlanish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMatkarimov, Zaynobiddin Turdalievich, Otaqo'ziyev, Ziyodullo Abdullojonovich, Matkarimova, Nigora Sagdullayevna
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
NashriyotҚўқон давлат педагогика институти
ISSN3030-3958
Nashr sanasi2026-10-10
Jild8
Son9
Betlar1481-1490
TilO‘zbek
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i09.192
Indeksga qo‘shilgan2026-10-11

Kalit so‘zlar

tibbiyot ampula chiqindisi, sir, fritta, keramik koshin, mahalliy xom ashyolar, kristall faza, mikro tuzilma.

Iqtibos keltirish

APAMatkarimov, Zaynobiddin Turdalievich, Otaqo'ziyev, Ziyodullo Abdullojonovich, & Matkarimova, Nigora Sagdullayevna (2026). KERAMIK BUYUMLAR UCHUN Na2O-K2O-Al2O3-B2O3-SiO2 TIZIMI ASOSIDA SIR QOPLAMA TARKIBLARINI ISHLAB CHIQISH. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1481-1490. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.192
GOST (OAK)Matkarimov, Zaynobiddin Turdalievich, Otaqo'ziyev, Ziyodullo Abdullojonovich, Matkarimova, Nigora Sagdullayevna KERAMIK BUYUMLAR UCHUN Na2O-K2O-Al2O3-B2O3-SiO2 TIZIMI ASOSIDA SIR QOPLAMA TARKIBLARINI ISHLAB CHIQISH // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 9. – B. 1481-1490. – DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i09.192.
MLAMatkarimov, Zaynobiddin Turdalievich, Otaqo'ziyev, Ziyodullo Abdullojonovich, and Matkarimova, Nigora Sagdullayevna. “KERAMIK BUYUMLAR UCHUN Na2O-K2O-Al2O3-B2O3-SiO2 TIZIMI ASOSIDA SIR QOPLAMA TARKIBLARINI ISHLAB CHIQISH.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1481-1490, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.192
ChicagoMatkarimov, Zaynobiddin Turdalievich, Otaqo'ziyev, Ziyodullo Abdullojonovich, and Matkarimova, Nigora Sagdullayevna. “KERAMIK BUYUMLAR UCHUN Na2O-K2O-Al2O3-B2O3-SiO2 TIZIMI ASOSIDA SIR QOPLAMA TARKIBLARINI ISHLAB CHIQISH.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1481-1490 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.192
HarvardMatkarimov, Zaynobiddin Turdalievich, Otaqo'ziyev, Ziyodullo Abdullojonovich, and Matkarimova, Nigora Sagdullayevna (2026) ‘KERAMIK BUYUMLAR UCHUN Na2O-K2O-Al2O3-B2O3-SiO2 TIZIMI ASOSIDA SIR QOPLAMA TARKIBLARINI ISHLAB CHIQISH’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1481-1490. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.192
BibTeX
@article{matkarimovzaynobiddinturdalievich2026,
  title = {KERAMIK BUYUMLAR UCHUN Na2O-K2O-Al2O3-B2O3-SiO2 TIZIMI ASOSIDA SIR QOPLAMA TARKIBLARINI ISHLAB CHIQISH},
  author = {Matkarimov, Zaynobiddin Turdalievich and Otaqo'ziyev, Ziyodullo Abdullojonovich and Matkarimova, Nigora Sagdullayevna},
  journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
  year = {2026},
  volume = {8},
  number = {9},
  pages = {1481-1490},
  doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i09.192},
  url = {https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.192}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi