Gossipolning iminohosilasining n-polivinilpirrolidon bilan kompleksini olish, sifat ko‘rsatkichlarini baholash va standartlash

Quralbay, Rejepov

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotning dolzarbligi paxtani qayta ishlash sanoati korxonalarida hosil bo‘ladigan ikkilamchi xomashyolardan ajratib olinadigan tabiiy polifenol birikma-gossipol asosida biologik faolligi yuqori, farmakologik jihatdan istiqbolli yangi hosilalarni yaratish, ularning fizik-kimyoviy va farmatsevtik xususiyatlarini chuqur o‘rganish hamda amaliy tibbiyot va farmatsevtika sohasida qo‘llash imkoniyatlarini ilmiy jihatdan asoslash zarurati bilan belgilanadi. Mazkur yondashuv, bir tomondan, mahalliy tabiiy xomashyo resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, biologik faol moddalarning yangi avlodini yaratish uchun istiqbolli molekulyar platformani shakllantirish imkonini beradi. Gossipol tarkibida oltita fenol gidroksil guruhi va molekulaning simmetrik joylashgan, yuqori reaksion qobiliyatga ega ikkita aldegid guruhi mavjud bo‘lgan murakkab binaftil tuzilishga ega tabiiy polifenol birikma hisoblanadi. Uning molekulyar tuzilishidagi funksional guruhlarning yuqori reaksion qobiliyati turli xil kimyoviy modifikatsiyalarni amalga oshirish, xususan, aldegid guruhlarini aminlar, va boshqa nukleofil reagentlar bilan yo‘naltirilgan reaksiyalarga kiritish orqali strukturaviy jihatdan yangi hosilalarni olish imkonini beradi. Shu sababli gossipol molekulasining funksional guruhlarini maqsadli modifikatsiyalash uning fizik-kimyoviy, farmakologik va texnologik xususiyatlarini boshqarishning samarali strategiyalaridan biri sifatida qaraladi. Gossipol hosilalarining biologik faolligi, toksikologik xususiyatlari, eruvchanligi va biologik o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan ularning molekulyar tuzilishi hamda funksional guruhlarining tabiatiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, gossipolning yangi hosilalarini izchil sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida tavsiflash, «tuzilish-xossa-biologik faollik» o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bunday tadqiqotlar gossipol asosidagi biologik faol birikmalarning maqsadli dizaynini takomillashtirish va ularning farmatsevtik qo‘llanilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqot doirasida gossipolning iminohosilasi asosida uning N-polivinilpirrolidon bilan suvda eruvchan kompleksini olish, kompleks hosil bo‘lish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uning fizik-kimyoviy va spektral ko‘rsatkichlarini zamonaviy instrumental tahlil usullari asosida baholashga alohida e’tibor qaratildi. Olingan kompleksning sifat ko‘rsatkichlari, identifikatsion belgilari va tarkibiy xususiyatlarini aniqlash asosida uning farmatsevtik tahlildagi analitik parametrlarini baholash hamda standartlashtirish mezonlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Tadqiqot natijalari gossipol asosidagi biologik faol birikmalarni farmatsevtik nuqtai nazardan tavsiflash, ularning sifatini nazorat qilish va standartlashtirish uchun ilmiy-metodik yondashuvlarni takomillashtirish imkonini berdi. Shuningdek, ishlab chiqilgan fizik- kimyoviy va instrumental tahlil usullarining farmatsevtik tahlilda qo‘llanilishi tabiiy kelib chiqishga ega yangi biologik faol moddalarning sifat ko‘rsatkichlarini obyektiv baholash, ularning identifikatsiyasini nazorat qilish hamda tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQuralbay, Rejepov
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
NashriyotҚўқон давлат педагогика институти
ISSN3030-3958
Nashr sanasi2026-10-10
Jild8
Son9
Betlar1196-1206
TilO‘zbek
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i09.157
Indeksga qo‘shilgan2026-10-11

Kalit so‘zlar

gossipol, N-polivinilpirrolidon, kompleks, yupqa qatlamli xromatografiya, sifat ko‘rsatkichlari, standartlash, UB- va IQ-spektroskopiya.

Iqtibos keltirish

APAQuralbay, Rejepov (2026). GOSSIPOLNING IMINOHOSILASINING N-POLIVINILPIRROLIDON BILAN KOMPLEKSINI OLISH, SIFAT KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA STANDARTLASH. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1196-1206. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.157
GOST (OAK)Quralbay, Rejepov GOSSIPOLNING IMINOHOSILASINING N-POLIVINILPIRROLIDON BILAN KOMPLEKSINI OLISH, SIFAT KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA STANDARTLASH // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 9. – B. 1196-1206. – DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i09.157.
MLAQuralbay, Rejepov. “GOSSIPOLNING IMINOHOSILASINING N-POLIVINILPIRROLIDON BILAN KOMPLEKSINI OLISH, SIFAT KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA STANDARTLASH.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1196-1206, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.157
ChicagoQuralbay, Rejepov. “GOSSIPOLNING IMINOHOSILASINING N-POLIVINILPIRROLIDON BILAN KOMPLEKSINI OLISH, SIFAT KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA STANDARTLASH.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1196-1206 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.157
HarvardQuralbay, Rejepov (2026) ‘GOSSIPOLNING IMINOHOSILASINING N-POLIVINILPIRROLIDON BILAN KOMPLEKSINI OLISH, SIFAT KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA STANDARTLASH’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1196-1206. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.157
BibTeX
@article{quralbayrejepov2026,
  title = {GOSSIPOLNING IMINOHOSILASINING N-POLIVINILPIRROLIDON BILAN KOMPLEKSINI OLISH, SIFAT KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH VA STANDARTLASH},
  author = {Quralbay, Rejepov},
  journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
  year = {2026},
  volume = {8},
  number = {9},
  pages = {1196-1206},
  doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i09.157},
  url = {https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.157}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi