Tohir malikning “Odamiylik mulki” asarida Navoiy hikmatlari talqini

Abdullayeva, Ilmira

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Tohir Malikning “Odamiylik mulki” asarida Alisher Navoiy hikmatlari va ma’naviy-axloqiy qarashlarining zamonaviy badiiy-falsafiy talqini tadqiq etiladi. Asarda odamiylik, komil inson, adolat, vijdon, ilm-ma’rifat, nafsni tarbiyalash, halollik va ijtimoiy mas’uliyat kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati Navoiy merosi bilan qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Navoiy ijodida shakllangan insonparvarlik va komillik g‘oyalarining Tohir Malik tomonidan zamonaviy hayotiy voqelik, insoniy munosabatlar va ma’naviy muammolar bilan bog‘langan holda qayta talqin etilishi yoritiladi. Shuningdek, “Mahbub ul-qulub”, “Hayrat ul-abror”, “Lison ut-tayr”, “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” kabi asarlarda ilgari surilgan axloqiy-falsafiy qarashlarning “Odamiylik mulki”dagi g‘oyalar bilan mushtarak jihatlari ochib beriladi. Tadqiqotda Navoiy hikmatlarining asardagi badiiy-g‘oyaviy vazifasi, ularning shaxs ma’naviyatini shakllantirish va axloqiy tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mumtoz adabiy merosning zamonaviy adabiyotdagi davomiyligi hamda Navoiy g‘oyalarining bugungi ta’lim-tarbiya jarayonidagi ma’naviy-pedagogik imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Maqolada qiyosiy-tahliliy, tarixiy-tipologik, germenevtik va kontekstual metodlardan foydalanilgan. Maqolada, shuningdek, Navoiy hikmatlarining Tohir Malik asarida bevosita iqtibosdan tashqari, g‘oyaviy-estetik va mazmuniy davomiylik shaklida namoyon bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Yozuvchining mumtoz adabiy merosga murojaati insonning ichki dunyosi, axloqiy tanlovi va jamiyat oldidagi mas’uliyatini yoritishga xizmat qiluvchi badiiy vosita sifatida baholanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAbdullayeva, Ilmira
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-08-19
Jild19
Betlar235-239
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-10-06

Kalit so‘zlar

Tohir Malik, Alisher Navoiy, odamiylik, komil inson, hikmat, adolat, vijdon, ma’rifatparvarlik.

Iqtibos keltirish

APAAbdullayeva, Ilmira (2026). TOHIR MALIKNING “ODAMIYLIK MULKI” ASARIDA NAVOIY HIKMATLARI TALQINI. Қўқон университети хабарномаси, 19, 235-239. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1820
GOST (OAK)Abdullayeva, Ilmira TOHIR MALIKNING “ODAMIYLIK MULKI” ASARIDA NAVOIY HIKMATLARI TALQINI // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 19. – B. 235-239.
MLAAbdullayeva, Ilmira. “TOHIR MALIKNING “ODAMIYLIK MULKI” ASARIDA NAVOIY HIKMATLARI TALQINI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 235-239, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1820
ChicagoAbdullayeva, Ilmira. “TOHIR MALIKNING “ODAMIYLIK MULKI” ASARIDA NAVOIY HIKMATLARI TALQINI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 235-239 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1820
HarvardAbdullayeva, Ilmira (2026) ‘TOHIR MALIKNING “ODAMIYLIK MULKI” ASARIDA NAVOIY HIKMATLARI TALQINI’, Қўқон университети хабарномаси, 19, 235-239. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1820
BibTeX
@article{abdullayevailmira2026,
  title = {TOHIR MALIKNING “ODAMIYLIK MULKI” ASARIDA NAVOIY HIKMATLARI TALQINI},
  author = {Abdullayeva, Ilmira},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {19},
  pages = {235-239},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1820}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi