Oʻzbekistonda elektron tijoratni boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish

Madiyeva , Zuxra

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekistonda elektron tijoratni boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi elektron tijorat bozori dinamikasi bilan uni tartibga soluvchi institutsional muhit oʻrtasidagi bogʻliqlikni baholash hamda boshqaruv samaradorligini oʻlchash va oshirishga qaratilgan mexanizmlar tizimini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlarning kontent-tahlili, Milliy statistika qoʻmitasining 2016–2025-yillarga oid rasmiy maʼlumotlari asosida dinamik qatorlar tahlili, oʻrtacha yillik oʻsish surʼatini hisoblash, tarkibiy va qiyosiy tahlil usullari qoʻllanildi. 2020–2024- yillarda qabul qilingan beshta asosiy normativ-huquqiy hujjatdagi normalar tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar toifalariga ajratilib tasniflandi. Natijalar elektron tijorat savdo hajmi 2016-yildagi 6,0 mlrd soʻmdan 2025-yilda 31 551,9 mlrd soʻmga yetganini, uning chakana savdo aylanmasidagi ulushi 2024-yildagi 3,7 foizdan 2025-yilda 6,5 foizga oshganini koʻrsatdi. Shu bilan birga, 2022– 2024-yillarda oʻsish surʼatlari keskin sekinlashgani (oʻrtacha yillik 18,2 foiz) hamda 2025-yil boʻyicha rasmiy statistika va vakolatli organ baholari oʻrtasida qariyb 39 foizlik tafovut mavjudligi aniqlandi. Bu holat boshqaruv tizimida oʻlchov va monitoring mexanizmlari yetarli darajada shakllanmaganidan dalolat beradi. Muhokamada 2025-yildagi keskin oʻsishning muayyan qismi xabardor qilish tartibi va alohida bank hisobvaraqlarining joriy etilishi natijasida savdoning rasmiylashuvi bilan izohlanishi mumkinligi asoslandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMadiyeva , Zuxra
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-24
Jild3
Son9
Betlar405-416
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-25

Kalit so‘zlar

elektron tijorat, boshqaruv samaradorligi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, raqamli iqtisodiyot, elektron savdo platformasi, institutsional muhit, davlat tomonidan tartibga solish, chakana savdo, statistik monitoring, xabardor qilish tartibi.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMadiyeva , Zuxra (2026). OʻZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 405-416. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1756
GOST (OAK)Madiyeva , Zuxra OʻZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 405-416.
MLAMadiyeva , Zuxra. “OʻZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 405-416, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1756
ChicagoMadiyeva , Zuxra. “OʻZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 405-416 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1756
HarvardMadiyeva , Zuxra (2026) ‘OʻZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 405-416. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1756
BibTeX
@article{madiyevazuxra2026,
  title = {OʻZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH},
  author = {Madiyeva , Zuxra},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {405-416},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1756}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Madiyeva , Zuxra — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari