O‘zbekistonda kichik biznesning elektron tijoratga integratsiyasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi

Pazilidinov , Muxiddin

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik biznes subyektlarining elektron tijoratga integratsiyalashuvida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, so‘nggi besh yilda respublika elektron tijorat bozori bir necha barobar kengaygan, biroq kichik korxonalarning aksariyati an'anaviy, samarasiz boshqaruv usullaridan foydalanishda davom etmoqda, ya'ni bashoratli tahlil, dinamik narx belgilash va avtomatlashtirilgan mijozlar bilan ishlash vositalarini joriy etish darajasi past qolmoqda. Tadqiqotning maqsadi kichik biznesning marketpleyslarga integratsiyasida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning miqdoriy iqtisodiy samaradorligini baholash va uni tatbiq etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini asoslashdan iborat. Tadqiqot gipotezasi sifatida sun’iy intellekt vositalarini joriy etish darajasi bilan kichik korxonalarning savdo aylanmasi o‘sishi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligi ilgari surilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi kichik biznes darajasida sun’iy intellektni joriy etishning xarajat-samara nisbatini o‘lchaydigan kompleks metodikaning ishlab chiqilganligida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot ob'ekti O‘zbekistondagi kichik biznes subyektlari va elektron tijorat platformalari hisoblanadi. Metodologik asos sifatida qaytim koeffitsiyenti (ROI), tranzaksion xarajatlarning qisqarish indeksi hamda ko‘p omilli regression tahlil qo‘llanilgan; empirik baza Uzum Market va Zoodmall platformalarida faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq kichik biznes subyekti bo‘yicha 2020–2025 yillarga oid o‘rtachalangan ko‘rsatkichlardan tashkil topgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt vositalarini joriy etgan korxonalarda operatsion xarajatlar o‘rtacha 25–30 foizga qisqargan, konversiya darajasi esa sezilarli darajada oshgan, bu esa investitsiyalarning nisbatan qisqa muddatda qoplanishini ta'minlagan. Shuningdek, sun’iy intellektni joriy etishning asosiy to‘sig‘i dasturiy ta'minot narxi emas, balki ma'lumotlar sifati va raqamli ko‘nikmalar tanqisligi ekanligi aniqlangan. Maqolada kichik biznes subyektlari uchun milliy darajada “no-code/low-code” SaaS yechimlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar Raqamli texnologiyalar vazirligi, marketpleys operatorlari va tadbirkorlik subyektlari uchun amaliy ahamiyatga ega.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarPazilidinov , Muxiddin
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-24
Jild3
Son9
Betlar507-517
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-25

Kalit so‘zlar

sun’iy intellekt, elektron tijorat, kichik biznes, raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy samaradorlik, ROI, tranzaksion xarajatlar, marketpleys, avtomatlashtirish, raqamli transformatsiya.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAPazilidinov , Muxiddin (2026). O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNING ELEKTRON TIJORATGA INTEGRATSIYASIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 507-517. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1754
GOST (OAK)Pazilidinov , Muxiddin O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNING ELEKTRON TIJORATGA INTEGRATSIYASIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 507-517.
MLAPazilidinov , Muxiddin. “O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNING ELEKTRON TIJORATGA INTEGRATSIYASIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 507-517, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1754
ChicagoPazilidinov , Muxiddin. “O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNING ELEKTRON TIJORATGA INTEGRATSIYASIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 507-517 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1754
HarvardPazilidinov , Muxiddin (2026) ‘O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNING ELEKTRON TIJORATGA INTEGRATSIYASIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 507-517. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1754
BibTeX
@article{pazilidinovmuxiddin2026,
  title = {O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNING ELEKTRON TIJORATGA INTEGRATSIYASIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI},
  author = {Pazilidinov , Muxiddin},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {507-517},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1754}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Pazilidinov , Muxiddin — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari