Eko-mehmonxonalarning hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati

Yunusova , Sohiba

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqola eko-mehmonxonalarning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va ularning strategik ahamiyatini kompleks tadqiq etishga bag’ishlangan. Global iqlim o’zgarishlari va ekologik muammolarning keskinlashuvi sharoitida ekologik turizmga bo’lgan talab ortib bormoqda. Bu holat an’anaviy mehmonxonalardan farqli o’laroq, atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtiradigan va barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan ekomehmonxonalar infratuzilmasini jadal rivojlantirishni talab etadi. Izlanish davomida ekomehmonxona biznesining iqtisodiy samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Eko-mehmonxonalar yangi ish o’rinlarini yaratish, mahalliy aholi bandligini ta’minlash, shu orqali mahalliy aholining daromadlarini oshirishga, hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini qo’llab-quvvatlash orqali hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda muhim drayver bo’lib xizmat qilishi asoslab berildi. Shuningdek, ushbu maskanlarning ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan (quyosh va shamol energiyasi, suvni qayta ishlash) oqilona foydalanish hamda mahalliy hunarmandchilik va agroturizm mahsulotlarini keng targ’ib etishdagi yetakchi roli yoritildi. Tadqiqotning ijtimoiy jihatlari shuni ko’rsatadiki, eko-mehmonxonalar faoliyati hudud aholisi va tashrif buyuruvchilarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga, milliy an’analar, qadriyatlar va madaniy merosni saqlab qolishga xizmat qiladi. Hozirgi kundagi dunyo miqyosida dolzarb bo’lib turgan aosiy muammolardan biri bu, iqlimning noodatiy holda o’zgarishlarini oldini olishda, shu yo’nalish orqali bir muncha hissa qo’shish mumkinligi ko’rishimiz mumkin, chunki eko-mehmonxonalar imkon qadar tabiatga kamroq chiqindi chiqarishga intiladilar. Yana muhim masalalardan biri chekka hududlarda zamonaviy turizm infratuzilmalari yo’l infratuzilmasi, kammunikatsiya infratuzilmasi, joylashtiruv vositalarini yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirishga amaliy hissa qo’shadi. Maqola yakunida hududlarning rekreatsion salohiyatidan samarali foydalanish, dam olish maskanlari hamda eko-mehmonxonalar tarmog’ini kengaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilg’or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYunusova , Sohiba
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-09-24
Jild3
Son9
Betlar559-569
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-09-25

Kalit so‘zlar

eko-mehmonxona, ekoturizm, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, barqaror turizm, mahalliy aholi bandligi, tabiiy resurslar, infratuzilma, turizm industriyasi, eko-brend.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAYunusova , Sohiba (2026). EKO-MEHMONXONALARNING HUDUDNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI. Innovations in Science and Technologies, 3(9), 559-569. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1748
GOST (OAK)Yunusova , Sohiba EKO-MEHMONXONALARNING HUDUDNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 9. – B. 559-569.
MLAYunusova , Sohiba. “EKO-MEHMONXONALARNING HUDUDNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 559-569, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1748
ChicagoYunusova , Sohiba. “EKO-MEHMONXONALARNING HUDUDNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI.” Innovations in Science and Technologies, 3(9), 559-569 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1748
HarvardYunusova , Sohiba (2026) ‘EKO-MEHMONXONALARNING HUDUDNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI’, Innovations in Science and Technologies, 3(9), 559-569. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1748
BibTeX
@article{yunusovasohiba2026,
  title = {EKO-MEHMONXONALARNING HUDUDNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI},
  author = {Yunusova , Sohiba},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {9},
  pages = {559-569},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1748}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Yunusova , Sohiba — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari