Arab tili o‘zlashma diplomatik terminlarining semantik moslashuvi

Mirziyatov, Shuhrat

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada oʻzlashma terminlarning qabul qiluvchi tilga kirgandan keyin yangi ijtimoiy, madaniy va kasbiy-kommunikativ ehtiyojlarga mos ravishda semantik moslashuvi jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqot zamonaviy arab diplomatik terminologiyasi va OAV matnlari misolida olib borilib, oʻzlashma birliklarning semantik transformatsiyasi asosan ma’no torayishi va ma’no kengayishi yoʻnalishlarida kechishi aniqlangan. Xususan, fītū (veto), ajinda (kun tartibi), lūbī (lobbi) va diblūmāsiyya (diplomatiya) kabi terminlarning kontekstual oʻzgarishlari, shuningdek, arab tilidagi izofa va sifat munosabatidagi birikmalarning terminologik-semantik vazifasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda semantik, komponentli, qiyosiy-kontekstual va distributiv tahlil usullaridan foydalanilib, o‘zlashma terminlarning manba tildagi dastlabki ma’nolari hamda arab diplomatik diskursida kasb etgan yangi funksional-semantik xususiyatlari qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, izofa va sifat munosabatiga asoslangan terminologik birikmalarning o‘zlashma birliklar ma’nosini sohaviy jihatdan cheklash, aniqlashtirish va barqaror diplomatik termin sifatida shakllantirishdagi o‘rni aniqlandi. Tadqiqot natijalari arab tilidagi o‘zlashma diplomatik terminlarning semantik moslashuvi nafaqat ma’no torayishi va kengayishi, balki kontekstual qayta talqin, semantik komponentlarning faollashuvi hamda diskursiv terminlashuv jarayonlari orqali ham amalga oshishini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMirziyatov, Shuhrat
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-08-19
Jild19
Betlar89-92
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-09-11

Kalit so‘zlar

semantik moslashuv, oʻzlashma termin, arab diplomatik terminologiyasi, ma’no torayishi, ma’no kengayishi, diplomatik diskurs, OAV tili, komponentli tahlil, izofa munosabati.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMirziyatov, Shuhrat (2026). ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI. Қўқон университети хабарномаси, 19, 89-92. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1781
GOST (OAK)Mirziyatov, Shuhrat ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 19. – B. 89-92.
MLAMirziyatov, Shuhrat. “ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 89-92, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1781
ChicagoMirziyatov, Shuhrat. “ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 89-92 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1781
HarvardMirziyatov, Shuhrat (2026) ‘ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI’, Қўқон университети хабарномаси, 19, 89-92. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1781
BibTeX
@article{mirziyatovshuhrat2026,
  title = {ARAB TILI O‘ZLASHMA DIPLOMATIK TERMINLARINING SEMANTIK MOSLASHUVI},
  author = {Mirziyatov, Shuhrat},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {19},
  pages = {89-92},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1781}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari