YASHAR KAMOLNING “INJA MAMAD” ROMANINING JAHON MIQYOSIDA OʻRGANILISHI XUSUSIDA

Dilfuza Akmalovna Shodmonova

Komparativistika · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada taniqli turk yozuvchisi Yashar Kamol ijodining boy badiiy merosi, uning jahon adabiyotidagi oʻrni va ahamiyati atroflicha yoritiladi.Xususan, adibni dunyoga tanitgan "Inja Mamad" romanining yaratilish tarixi, asarning badiiy-estetik xususiyatlari, xalq ogʻzaki ijodi bilan uzviy bogʻliqligi hamda unda aks etgan ijtimoiy-siyosiy gʻoyalar tahlil qilinadi.Maqolada romaning turli davrlarda turli tillarga tarjima qilinishi, tarjimonlar faoliyati, asarning bir nechta nashrlari va ularning xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot beriladi.Shuningdek, "Inja Mamad"ning yozuvchi ijodidagi oʻziga xos oʻrni, turk adabiyotini jahon miqyosida targʻib etishdagi roli, tarjimalarning xalqaro adabiyotshunoslikdagi qabul qilinishi va baholanishi ilmiy jihatdan tahlil etiladi.Tilning ifodaviyligi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar tarjimasida ham muayyan badiiy-ijodiy masalalarini yechishga toʻgʻri keladi.Bu tarjimondan adabiy mahoratni talab qildi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarDilfuza Akmalovna Shodmonova
JurnalKomparativistika
Nashr sanasi2026-03-05
Jild2
Son9
DOI10.64964/comp.2026.0190

Komparativistika jurnalidan boshqa maqolalar

Komparativistika — barcha maqolalar