Ingliz tilining oʻzbek yoshlar jargoniga taʼsiri

Hakimova Xurram qizi Zamira

Komparativistika · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada ingliz tilining zamonaviy oʻzbek yoshlar jargoniga koʻrsatgan lingvistik va ijtimoiy-madaniy taʼsiri sotsiolingvistik yondashuv asosida oʻrganilgan va tahlil qilingan.Tadqiqotning asosiy maqsadi, inglizcha soʻz va iboralarning oʻzbek yoshlarining nutq madaniyatiga qanday shaklda kirib kelayotganini aniqlash, ularning maʼno, shakl va uslubiy xususiyatlarini izohlash, shuningdek bu jarayonning ijobiy va salbiy oqibatlarini baholashdan iborat.Tadqiqot vazifalari sifatida ingliz tilidagi koʻp qoʻllaniluvchi til birliklarining ishlatilish chastotasi, semantik yuklamasi, ijtimoiy-madaniy taʼsirlari, nutqda foydalanilish holatlari, fonetik va morfologik moslashuv mexanizmlarini aniqlash kabilar belgilandi.Tadqiqot doirasida Toshkent, Andijon, Termiz, Navoiy va Fargʻona shaharlaridagi 11-35 yosh oraligʻidagi 51 nafar respondent oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi, shuningdek zamonaviy oʻzbek yoshlari koʻp foydalanadigan Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi 40 dan ortiq post va izohlar tahlil qilindi.Tadqiqotni amalga oshirishda yordam beruvchi metodlar sifatida empirik kuzatuv, sotsiolingvistik yondashuv, kontent tahlili va tilshunoslik nazariyalariga tayanuvchi interpretatsiya usullari qoʻllanildi.Tadqiqot natijalarga koʻra, ingliz tilidagi global qoʻllaniluvchi leksik birliklar oʻzbek yoshlar orasida zamonaviylik, emotsional ifoda, tejamkorlik va ijtimoiy oʻzini namoyon qilish vositasi sifatida faol ishlatilmoqda.Ayniqsa, "like", "chill", "relax", "bro", "sorry", "repost" kabi soʻzlar fonetik jihatdan minimal oʻzgarish bilan nutqqa singmoqda.Shu bilan birga, bu jarayon adabiy til meʼyorlarining buzilishi, lingvodegradatsiya xavfi va milliy tilning ijtimoiy obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi aniqlandi.Maqolada tilga kirib kelayotgan yangi unsurlarni inkor etmasdan, ularni ongli tarzda tahlil qilish va sogʻlom muvozanatni taʼminlash zarurligi asoslab berilgan.Xulosa oʻrnida, ingliz tilining oʻzbek yoshlar jargoniga taʼsiri globallashuv, texnalogik taraqqiyot va xalqaro nufuz bilan bogʻliq boʻlib, bu soʻzlar til tizimiga moslashmoqda.Oʻzlashmalar tilni boyituvchi omil sifatida qaralayotgan boʻlsada, madaniyat va milliy tilni asrash muhimligicha qolmoqda.Shu sababdan, bu jarayonni ilmiy kuzatish, til siyosatini shakllantirish va inglizcha soʻzlarga oʻzbekcha muqobillar yaratish davlat darajasidagi muhim vazifa boʻlib qolmoqda.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarHakimova Xurram qizi Zamira
JurnalKomparativistika
NashriyotЎзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
ISSN3060-4559
Nashr sanasi2026-04-30
Jild3
Son10
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
DOI10.64964/comp.2026.0234
Indeksga qo‘shilgan2026-09-02

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAHakimova Xurram qizi Zamira (2026). INGLIZ TILINING OʻZBEK YOSHLAR JARGONIGA TAʼSIRI. Komparativistika, 3(10). https://doi.org/10.64964/comp.2026.0234
GOST (OAK)Hakimova Xurram qizi Zamira INGLIZ TILINING OʻZBEK YOSHLAR JARGONIGA TAʼSIRI // Komparativistika. – 2026. – T. 3, № 10. – DOI: 10.64964/comp.2026.0234.
MLAHakimova Xurram qizi Zamira. “INGLIZ TILINING OʻZBEK YOSHLAR JARGONIGA TAʼSIRI.” Komparativistika, 3(10), 2026. https://doi.org/10.64964/comp.2026.0234
ChicagoHakimova Xurram qizi Zamira. “INGLIZ TILINING OʻZBEK YOSHLAR JARGONIGA TAʼSIRI.” Komparativistika, 3(10) (2026). https://doi.org/10.64964/comp.2026.0234
HarvardHakimova Xurram qizi Zamira (2026) ‘INGLIZ TILINING OʻZBEK YOSHLAR JARGONIGA TAʼSIRI’, Komparativistika, 3(10). https://doi.org/10.64964/comp.2026.0234
BibTeX
@article{hakimovaxurramqizizamira2026,
  title = {INGLIZ TILINING OʻZBEK YOSHLAR JARGONIGA TAʼSIRI},
  author = {Hakimova Xurram qizi Zamira},
  journal = {Komparativistika},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {10},
  doi = {10.64964/comp.2026.0234},
  url = {https://doi.org/10.64964/comp.2026.0234}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Komparativistika jurnalidan boshqa maqolalar

Komparativistika — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari