Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitish jarayonida Inquiry Arc (C3 Framework) metodidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari, uning o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy tarix ta’limining dolzarb vazifalari sifatida o‘quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, tarixiy hodisa va jarayonlarni sabab–oqibat aloqalari asosida anglashga yo‘naltirish, shuningdek tarixiy dalillarni izlash, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi. Inquiry Arc metodining muammo qo‘yish, dalillar bilan ishlash, tahlil va xulosalash hamda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bosqichlari tarix fanining mazmuniga mos holda talqin qilinib, ularning tarixiy tafakkurning asosiy tarkibiy qismlari bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi. Maqolada tarixiy tafakkur tushunchasining nazariy talqini, uning tarkibiy qismlari (xronologik, mantiqiy, manbashunoslik, tanqidiy va baholovchi tafakkur) ilmiy manbalar asosida izohlanadi. Shuningdek, tadqiqotchilik kompetensiyasining mazmuni, tarix darslarida ushbu kompetensiyani shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari, Inquiry Arc metodining afzalliklari va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Inquiry Arc metodi asosida tashkil etilgan tarix darslari o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tarixiy dalillarni izlash va tahlil qilish, asoslangan xulosa chiqarish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga samarali xizmat qiladi. Maqolada tahlil va sintez, qiyosiy taqqoslash, pedagogik modellashtirish hamda nazariy umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.
| Mualliflar | Turapova Nafosat Muratdinovna |
|---|---|
| Jurnal | Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар |
| Nashr sanasi | 2026-01-16 |
| Jild | 2026 |
| Son | 225 |
| DOI | 10.66023/mt/v2026_i225/227 |
DOI: 10.66023/mt/v2026_i225/227 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
Maqolada maktab direktori kasbiy kompetentligining nazariy mazmuni, tuzilmasi va asosiy komponentlari tizimli tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim muassasasini boshqarish sharoitida direktor faoliyati faqat ma’muriy…
Maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasi orqali o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilingan. Hayotiy…
Данная статья посвящена проблеме изучения влияния педагогического лидерства на процесс образования. Обосновывается значимость педагогического лидерства как фактора повышения качества образования и эффективности…
Mazkur maqolada loyiha asosida o‘qitish texnologiyasining ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda uning o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, loyiha asosida o‘qitish…
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy masalalar orqali…
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, ularning boshqaruv jarayonlariga ta’siri hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari…
Ushbu ilmiy maqolada tayanch o‘rta ta’limda (5-9-sinflar) o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘qish savodxonligi o‘quvchilarning nafaqat ona tili va…
Mazkur maqolada rahbar kadrlar boshqaruv kompetentligining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy komponentlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, shaxsiy, kasbiy va tashkiliy omillarning o‘zaro…
В статье рассматривается роль социально-эмоционального обучения (СЭО) в профессиональном благополучии учителей русского языка в Узбекистане. В рамках исследования под учителями русского языка понимаются педагоги…
Mazkur maqolada bolalar nutqini rivojlantirish va baholashga qaratilgan raqamli dastur funksional imkoniyatlari yoritiladi. Dastur maxsus pedagogika va logopediya amaliyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab…
Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar