Mazkur maqolada bolalar nutqini rivojlantirish va baholashga qaratilgan raqamli dastur funksional imkoniyatlari yoritiladi. Dastur maxsus pedagogika va logopediya amaliyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, nutqiy mashqlarni vizual va audio tayanchlar asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan.Dasturda har bir o‘rganilayotgan so‘z rasm ko‘rinishida taqdim etilib, uning daktil ishoradagi ifodasi va etalon talaffuzi bilan birgalikda namoyish etiladi. Bola etalon talaffuzni eshitgach, so‘zni mustaqil ravishda aytadi va uning nutqi mikrofon orqali yozib olinadi. Yozib olingan nutqiy signal avtomatik tarzda qayta ishlanib, etalon talaffuz bilan solishtiriladi hamda talaffuzning mos yoki mos emasligi aniqlanadi.Nutqni tahlil qilish jarayonida ovoz signali vaqt va amplituda bo‘yicha grafik shaklda vizualizatsiya qilinadi, bu esa mutaxassisga talaffuz jarayonini obyektiv kuzatish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari rasm, daktil ishora va audio talaffuzni birlashtirgan multimodal yondashuv bolalarning nutqiy faolligini oshirish va talaffuz aniqligini baholash jarayonini samarali tashkil etishga imkon berishini ko‘rsatadi. Ushbu dastur maxsus pedagogika sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning amaliy imkoniyatlarini kengaytiradi.
| Mualliflar | Kamolova Yulduzxon Ma'murjon qizi |
|---|---|
| Jurnal | Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар |
| Nashr sanasi | 2026-02-19 |
| Jild | 2026 |
| Son | 243 |
| DOI | 10.66023/mt/v2026_i243/255 |
DOI: 10.66023/mt/v2026_i243/255 · Maqolaning asl sahifasi
Mazkur maqolada rahbar kadrlar boshqaruv kompetentligining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy komponentlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, shaxsiy, kasbiy va tashkiliy omillarning o‘zaro…
Mazkur maqolada Andijon shahridagi Prezident maktabi misolida zamonaviy o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishning tashkiliy, metodik va pedagogik asoslari yoritiladi. Tadqiqot Prezident maktabida dars va darsdan…
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, ularning boshqaruv jarayonlariga ta’siri hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari…
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishda innovatsion yondashuvlarning nazariy-metodologik asoslari, ularning amaliy ahamiyati hamda joriy etish mexanizmlari ilmiy tahlil qilinadi. Ta’lim…
Mazkur maqolada loyiha asosida o‘qitish texnologiyasining ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda uning o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, loyiha asosida o‘qitish…
Mazkur maqolada O‘zbekistonda maktab rahbarlarini tayyorlashda qo‘llanilayotgan menejerlik kursi doirasida rahbar-pedagog munosabatlari va pedagogik jamoa psixologik iqlimini boshqarishga oid o‘quv mazmunini…
Maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasi orqali o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilingan. Hayotiy…
Ushbu maqolada kattalar ta’limi (andragogika) jarayonida innovatsion va interaktiv pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq etilgan. XXI asrda globallashuv va axborotlashuv sharoitida…
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitish jarayonida Inquiry Arc (C3 Framework) metodidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari, uning o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va tadqiqotchilik…
Mazkur maqolada uzluksiz kasbiy rivojlanish (UKR) tizimining zamonaviy holati, uning asosiy muammolari hamda ushbu muammolarni bartaraf etishda mentoring va kouching modellari integratsiyasining ahamiyati ilmiy asosda…
Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar