Mazkur maqolada jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning motorik ko‘nikmalarini rivojlantirishda video-tahlil texnologiyalarining o‘rni bo‘yicha ilmiy adabiyotlarga tizimli sharh berilgan. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar, xususan, video-asoslangan vizual xulosa berish vositalari harakatlarni o‘rganish jarayonini takomillashtirishda muhim pedagogik resurs sifatida e’tirof etilmoqda. Tadqiqot doirasida Scopus va Web of Science bazalarida chop etilgan yuqori ilmiy salohiyatga ega maqolalar tahlil qilindi. Sharh natijalari shuni ko‘rsatadiki, video-tahlil texnologiyalari motorik ko‘nikmalarni shakllantirish, harakat aniqligi va bajarilish sifatini oshirishda an’anaviy og‘zaki ko‘rsatmalarga nisbatan yuqori samaradorlikka ega. Ayniqsa, o‘zini namuna sifatida ko‘rish (self-modeling) va ekspert modeli asosidagi o‘quvchining o‘z harakatlari ustida video xulosa (yoki tavsiya) berish usullari o‘quvchilarning motivatsiyasi va o‘rganish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ushbu texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda sinf hajmi, texnik ta’minot, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi va ma’lumotlar xavfsizligi kabi omillarni hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi.
| Mualliflar | Yaxyayev Dilmurod Karimovich |
|---|---|
| Jurnal | Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар |
| Nashr sanasi | 2026-01-15 |
| Jild | 2026 |
| Son | 225 |
| DOI | 10.66023/mt/v2026_i225/226 |
DOI: 10.66023/mt/v2026_i225/226 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
Mazkur maqolada maktab maslahatchilarining ta’lim jarayonidagi roli va umumiy o‘rta ta’limdan kasbiy ta’lim bosqichiga o‘tishda uzluksizlikni ta’minlovchi strategik koordinator sifatidagi o‘rni asoslab berilgan…
Maqola ta’lim muassasalarini boshqarishda Direktorlar kengashi institutining amaliy ahamiyatini o‘rganadi. Tadqiqot Surxondaryo viloyati maktablari misolida kengashning rahbarlarni tanlash, baholash va shaffof…
Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti, axborot sivilizatsiyasi, globallashuv va mehnat bozoridagi raqobat ta’lim tizimiga yangi talablarni qo‘ymoqda. Ushbu sharoitda kattalar ta’limi va uzluksiz ta’lim konsepsiyasi muhim…
Mazkur maqolada matematika o‘qitish jarayonida moddiy-rasmli-timsolli yondashuvdan foydalanishning ahamiyati va pedagog-kadrlar tayyorlashdagi samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda ushbu yondashuv…
Mazkur maqolada uzluksiz kasbiy rivojlanish (UKR) tizimining zamonaviy holati, uning asosiy muammolari hamda ushbu muammolarni bartaraf etishda mentoring va kouching modellari integratsiyasining ahamiyati ilmiy asosda…
Mazkur maqolada maktab ta’limi sifatini boshqarishning me’yoriy-huquqiy va metodik asoslari tizimli tahlil qilinadi. Ilmiy maqolaning maqsadi me’yorlar, institutsional mas’uliyat va metodik mexanizmlar uyg‘unligini…
Ushbu maqolada kattalar ta’limi (andragogika) jarayonida innovatsion va interaktiv pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq etilgan. XXI asrda globallashuv va axborotlashuv sharoitida…
Tа’limdа mеntоrlik yоndаshuvi о‘qituvchi vа о‘quvchi о‘rtаsidаgi bilim аlmаshish hаmdа prоfеssiоnаl qо‘llаb-quvvаtlаsh tizimi sifаtidа muhim pеdаgоgik rоl о‘ynаydi. О‘zbеkistоndа hаm tа’lim muаssаsаlаridа ustоz–shоgird…
Mazkur maqolada O‘zbekistonda maktab rahbarlarini tayyorlashda qo‘llanilayotgan menejerlik kursi doirasida rahbar-pedagog munosabatlari va pedagogik jamoa psixologik iqlimini boshqarishga oid o‘quv mazmunini…
Mazkur maqolada umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbar kadrlarini tayyorlash masalasi Singapur ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan bosqichli yondashuv misolida yoritiladi. Unda “Karyera yo‘li” doirasida rahbarlik…
Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar