Mazkur maqolada bolalar nutqini rivojlantirish va baholashga qaratilgan raqamli dastur funksional imkoniyatlari yoritiladi. Dastur maxsus pedagogika va logopediya amaliyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, nutqiy mashqlarni vizual va audio tayanchlar asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan.Dasturda har bir o‘rganilayotgan so‘z rasm ko‘rinishida taqdim etilib, uning daktil ishoradagi ifodasi va etalon talaffuzi bilan birgalikda namoyish etiladi. Bola etalon talaffuzni eshitgach, so‘zni mustaqil ravishda aytadi va uning nutqi mikrofon orqali yozib olinadi. Yozib olingan nutqiy signal avtomatik tarzda qayta ishlanib, etalon talaffuz bilan solishtiriladi hamda talaffuzning mos yoki mos emasligi aniqlanadi.Nutqni tahlil qilish jarayonida ovoz signali vaqt va amplituda bo‘yicha grafik shaklda vizualizatsiya qilinadi, bu esa mutaxassisga talaffuz jarayonini obyektiv kuzatish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari rasm, daktil ishora va audio talaffuzni birlashtirgan multimodal yondashuv bolalarning nutqiy faolligini oshirish va talaffuz aniqligini baholash jarayonini samarali tashkil etishga imkon berishini ko‘rsatadi. Ushbu dastur maxsus pedagogika sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning amaliy imkoniyatlarini kengaytiradi.
| Mualliflar | Kamolova Yulduzxon Ma'murjon qizi |
|---|---|
| Jurnal | Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар |
| Nashr sanasi | 2026-02-19 |
| Jild | 2026 |
| Son | 262 |
| DOI | 10.66023/mt/v2026_i262/255 |
DOI: 10.66023/mt/v2026_i262/255 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
Ushbu maqola sun’iy intellekt texnologiyalarining maktab ta’limiga kirib kelishi bilan bog‘liq muammolarni yangi nuqtai nazardan tahlil qiladi. Ko‘pincha muhokamalar akademik halollik yoki texnologik nazorat masalalari…
Tа’limdа mеntоrlik yоndаshuvi о‘qituvchi vа о‘quvchi о‘rtаsidаgi bilim аlmаshish hаmdа prоfеssiоnаl qо‘llаb-quvvаtlаsh tizimi sifаtidа muhim pеdаgоgik rоl о‘ynаydi. О‘zbеkistоndа hаm tа’lim muаssаsаlаridа ustоz–shоgird…
Mazkur maqolada matematika o‘qitish jarayonida moddiy-rasmli-timsolli yondashuvdan foydalanishning ahamiyati va pedagog-kadrlar tayyorlashdagi samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda ushbu yondashuv…
Mazkur maqolada umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbar kadrlarini tayyorlash masalasi Singapur ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan bosqichli yondashuv misolida yoritiladi. Unda “Karyera yo‘li” doirasida rahbarlik…
В статье представлено комплексное исследование проблемы управления образовательными проектами в условиях модернизации системы общего образования. Обоснована актуальность проектного подхода как инструмента повышения…
Cet article analyse l’approche de la gestion des connaissances (Knowledge Management) dans la gestion efficace des projets éducatifs. L’étude examine les mécanismes de création et de diffusion des connaissances au sein…
Zamonaviy ta’lim muassasalari oldida raqobatbardoshlikni oshirish, ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlash, o‘quvchi-yu bitiruvchilarning ehtiyojlariga moslashuvchan xizmat ko‘rsatish kabi muhim vazifalar turibdi…
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining boshqaruv faoliyatida qonunchilik normalarini qo‘llashning amaldagi holati aniqlanadi va tadqiqot natijasida ularni takomillashtirish boʻyicha aniq…
Maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasi orqali o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilingan. Hayotiy…
Mazkur maqolada maktab maslahatchilarining ta’lim jarayonidagi roli va umumiy o‘rta ta’limdan kasbiy ta’lim bosqichiga o‘tishda uzluksizlikni ta’minlovchi strategik koordinator sifatidagi o‘rni asoslab berilgan…
Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar