Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitish jarayonida Inquiry Arc (C3 Framework) metodidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari, uning o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy tarix ta’limining dolzarb vazifalari sifatida o‘quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, tarixiy hodisa va jarayonlarni sabab-oqibat aloqalari asosida anglashga yo‘naltirish, shuningdek, tarixiy dalillarni izlash, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritiladi. Inquiry ARC metodining muammo qo‘yish, dalillar bilan ishlash, tahlil va xulosalash hamda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bosqichlari tarix fanining mazmuniga mos holda talqin qilinib, ularning tarixiy tafakkurning asosiy tarkibiy qismlari bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi. Maqolada tarixiy tafakkur tushunchasining nazariy talqini, uning tarkibiy qismlari (xronologik, mantiqiy, manbashunoslik, tanqidiy va baholovchi tafakkur) ilmiy manbalar asosida izohlanadi. Shuningdek, tadqiqotchilik kompetensiyasining mazmuni, tarix darslarida ushbu kompetensiyani shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari, Inquiry Arc metodining afzalliklari va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Inquiry Arc metodi asosida tashkil etilgan tarix darslari o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tarixiy dalillarni izlash va tahlil qilish, asoslangan xulosa chiqarish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga samarali xizmat qiladi. Maqolada tahlil va sintez, qiyosiy taqqoslash, pedagogik modellashtirish hamda nazariy umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.
| Mualliflar | Nafosat Muratdinovna Turapova |
|---|---|
| Jurnal | Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар |
| Nashr sanasi | 2026-01-15 |
| Til | uz |
| DOI | 10.5281/zenodo.18253575 |
DOI: 10.5281/zenodo.18253575 · Maqolaning asl sahifasi
Mazkur maqolada jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning motorik ko‘nikmalarini rivojlantirishda video-tahlil texnologiyalarining o‘rni bo‘yicha ilmiy adabiyotlarga tizimli sharh berilgan. So‘nggi yillarda raqamli…

Ushbu maqolada ta’lim muassasasida yetakchilik qanday tushunilishi va uning kundalik tashkiliy jarayonlarda qanday namoyon bo‘lishi muhokama qilinadi. Ta’lim amaliyotida yetakchilik ko‘pincha yetakchining mavqei bilan…
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix fanini o‘qitish jarayonida Inquiry Arc (C3 Framework) metodidan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari, uning o‘quvchilarda tarixiy tafakkur va tadqiqotchilik…
Ushbu maqolada ta’lim muassasasida yetakchilik qanday tushunilishi va uning kundalik tashkiliy jarayonlarda qanday namoyon bo‘lishi muhokama qilinadi. Ta’lim amaliyotida yetakchilik ko‘pincha yetakchining mavqei bilan…
Mаzkur mаqоlаdа “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirilishida Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi faoliyat olib…
Mazkur maqolada O‘zbekistonda maktab rahbarlarini tayyorlashda qo‘llanilayotgan menejerlik kursi doirasida rahbar-pedagog munosabatlari va pedagogik jamoa psixologik iqlimini boshqarishga oid o‘quv mazmunini…

Maqolada A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutda tashkil etilgan “Menejerlik o‘quv kurslari”ning “Oʻquv-tarbiya jarayonini boshqarish va rivojlantirish” va “Moliyaviy munosabatlarni boshqarish”…
Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar