INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QURILISH TERMINOLOGIYASINING TARKIBIY VA SO‘Z YASALISH TAHLILI

Sobirov, Otabek

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Annotatsiya Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi qurilish terminologiyasining strukturaviy hamda so‘z yasash xususiyatlari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda qurilish sohasiga oid terminlarning shakllanish mexanizmlari, ularning morfologik va leksik-semantik tuzilishi, termin hosil qiluvchi affikslarning funksional imkoniyatlari hamda terminlarning nominativ xususiyatlari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, qurilish terminlarining shakllanishida ichki va tashqi manbalarning o‘rni, terminlarning ilmiy ijod jarayoni bilan bog‘liqligi hamda terminologik tizimning til taraqqiyotidagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi monoleksemik va polileksemik terminlarning strukturaviy xususiyatlari, ularning semantik korrelyatsiyasi hamda derivatsion modellari misollar asosida tahlil etilgan. Qurilish terminlarining shakllanishida prefiksatsiya, suffiksatsiya, kompozitsiya va leksik-semantik usullarning faol qo‘llanishi qiyosiy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida ikki til terminologik tizimida umumiy va farqli jihatlar aniqlanib, terminlarning morfologik tuzilishi va semantik motivatsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilgan. Mazkur ilmiy ish qurilish terminologiyasini tizimlashtirish, terminlarning lingvistik tabiatini aniqlash hamda qiyosiy terminologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarSobirov, Otabek
JurnalҚўқон университети хабарномаси
Nashr sanasi2026-05-21
Jild18
Betlar62-64
TilIngliz

Kalit so‘zlar

nominativ, mahalliy, sxemalar, versiya, lingvistik, tizimlashtirish, korrelyatsiya

Ilmiy soha

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar