ZAMONAVIY RAQAMLI PLATFORMALAR ASOSIDA TALABALARNING ROBOTOTEXNIKA BO‘YICHA AMALIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Haydarova, Kamolaxon

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy kasblardan biri bo‘lgan “Robototexnika” sohasini o‘qitishdagi muammo va kamchiliklar o‘rganilgan. Ayniqsa bazaviy bilim darajasi elektronika va sxematexnika sohalaridan farq qiluvchi “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniringi”, “Sun’iy intellekt” soha vakillarida o‘qitiladigan robototexnika fani talabalarda zerikishni va tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Shu boisdan ta’lim berilayotgan yo‘nalishi IT mutaxassisi bo‘lgan talabalarga “Robototexnika” sohasini o‘rgatishda turli metodlardan foydalangan holda tadqiqot olib borildi. Mazkur tadqiqotda Qo‘qon universitetining 3-bosqich talabalarida robototexnika fanini o‘qitishda turli platformalarning samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotda 24 nafar talaba ishtirok etdi va ular uch xil ta’lim platformasi — stol kompyuter (desktop), Arduino mikrokontrolleri (plata) asosidagi elektronika qurilmalar, hamda “Robototexnika va qurilmalar” nomli elektron platforma orqali bilim oldilar. Tadqiqot davomida talabalarining emotsional jalb qilinishi, o‘quv motivatsiyasi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish darajasi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, jismoniy qurilmalar va interaktiv elektron platformalardan foydalanish talabalar faolligini oshiradi va ularning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari IT mutahassisligidagi talabalarni Robototexnika sohasida o‘qitishda amaliy va nazariy bilimlarni berishda platformalarning integratsiyalashgan holatda qo‘llanilishi zarurligini asoslaydi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarHaydarova, Kamolaxon
JurnalҚўқон университети хабарномаси
Nashr sanasi2026-04-17
Jild18
Betlar231-233
TilIngliz

Kalit so‘zlar

robototexnika taʼlimi, Arduino, raqamli taʼlim, elektron ta’lim platformasi, “Robototexnika va qurilmalar”, dasturlash ko‘nikmalari, amaliy kompetensiya, TinkerCAD, Wokwi, STEM taʼlimi, mavzu-ichidagi dizayn

Ilmiy soha

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar