Soliq siyosatining kichik biznes rivojiga ta’siri

Turanboyev, Boburjon

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada soliq siyosatining kichik biznes rivojiga ta’siri nazariy va tahliliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida soliq yuklamasi darajasi, tadbirkorlik faolligi, investitsion imkoniyatlar hamda biznesning umumiy rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, soliq yuklamasi va kichik biznes rivojlanishi o‘rtasida teskari U-shaklli bog‘liqlik mavjud bo‘lib, soliq stavkalarining optimal darajasi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, aksincha haddan tashqari yuqori yoki juda past darajalar rivojlanish samaradorligini pasaytiradi. Shuningdek, tadqiqotda kichik biznes rivoji faqat soliq stavkalari bilan emas, balki soliq ma’murchiligi sifati, institutsional qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyati va umumiy biznes muhit bilan ham chambarchas bog‘liqligi asoslab berildi. Maqolada soliq yuklamasining optimal diapazonini aniqlash metodikasi, moslashuvchan soliq tizimini shakllantirish hamda norasmiy iqtisodiyotdan rasmiy sektorga o‘tishni rag‘batlantiruvchi soliq mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda samarali soliq siyosatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTuranboyev, Boburjon
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-04-17
Jild18
Betlar123-126
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

kichik biznes, soliq siyosati, soliq yuk, soliq imtiyozlari, soddalashtirilgan soliq tizimi, soliq ma’murchiligi, raqobatbardoshlik, investitsiya, bandlik

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APATuranboyev, Boburjon (2026). SOLIQ SIYOSATINING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA’SIRI. Қўқон университети хабарномаси, 18, 123-126. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1598
GOST (OAK)Turanboyev, Boburjon SOLIQ SIYOSATINING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA’SIRI // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 18. – B. 123-126.
MLATuranboyev, Boburjon. “SOLIQ SIYOSATINING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA’SIRI.” Қўқон университети хабарномаси, 18, 123-126, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1598
ChicagoTuranboyev, Boburjon. “SOLIQ SIYOSATINING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA’SIRI.” Қўқон университети хабарномаси, 18, 123-126 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1598
HarvardTuranboyev, Boburjon (2026) ‘SOLIQ SIYOSATINING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA’SIRI’, Қўқон университети хабарномаси, 18, 123-126. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1598
BibTeX
@article{turanboyevboburjon2026,
  title = {SOLIQ SIYOSATINING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA’SIRI},
  author = {Turanboyev, Boburjon},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {18},
  pages = {123-126},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1598}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Turanboyev, Boburjon — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari