O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati: oignon (Piyoz) modeli asosida nazariy va amaliy tahlili

G‘ulomova, Maftunaxon

Қўқон университети хабарномаси · 2024-yil

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqola Oignon modeli (Piyoz modeli) asosida o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini tizimli tahlil qilishga qaratilgan. Oignon modeli o‘qituvchilarning shaxsiy, sinf muhitidagi va keng ijtimoiy-tizimli omillar bilan bog‘liq faoliyatini mikro-kontext (ichki qatlam), mezo-kontext (o‘rta qatlam) va makro-kontext (tashqi qatlam) orqali tahlil qilish imkonini beradi. Mikro-kontext o‘qituvchining shaxsiy mahorati, didaktik va metodik ko‘nikmalarini qamrab olib, individual pedagogik faoliyatning samaradorligini o‘rganadi. Mezo-kontext esa ta’lim jarayonining o‘quv muhiti, sinf jamoasi va ijtimoiy-madaniy xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlarini tahlil qiladi. Makro-kontext yirik miqyosdagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy omillarni, jumladan, davlat ta’lim standartlari va global tendentsiyalarni qamrab oladi. Ushbu maqolada Oignon modeli yordamida qatlamlararo uzviy bog‘liqlikni aniqlash va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish uchun strategik yondashuvlar taklif etilgan. Mikro, mezo va makro-kontextlarning o‘zaro ta’siri o‘qituvchi faoliyatining yaxlitligini ta’minlab, ta’lim jarayonining sifatini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mazkur izlanishning ilmiy natijalari ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish uchun muhim nazariy asos yaratadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarG‘ulomova, Maftunaxon
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2024-12-29
Jild13
Betlar225-229
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
Indeksga qo‘shilgan2026-08-26

Kalit so‘zlar

Oignon modeli, mikro-kontext, mezo-kontext, makro-kontext, pedagogik mahorat, ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchi faoliyati.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAG‘ulomova, Maftunaxon (2024). O‘QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI: OIGNON (Piyoz) MODELI ASOSIDA NAZARIY VA AMALIY TAHLILI. Қўқон университети хабарномаси, 13, 225-229. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1062
GOST (OAK)G‘ulomova, Maftunaxon O‘QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI: OIGNON (Piyoz) MODELI ASOSIDA NAZARIY VA AMALIY TAHLILI // Қўқон университети хабарномаси. – 2024. – T. 13. – B. 225-229.
MLAG‘ulomova, Maftunaxon. “O‘QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI: OIGNON (Piyoz) MODELI ASOSIDA NAZARIY VA AMALIY TAHLILI.” Қўқон университети хабарномаси, 13, 225-229, 2024. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1062
ChicagoG‘ulomova, Maftunaxon. “O‘QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI: OIGNON (Piyoz) MODELI ASOSIDA NAZARIY VA AMALIY TAHLILI.” Қўқон университети хабарномаси, 13, 225-229 (2024). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1062
HarvardG‘ulomova, Maftunaxon (2024) ‘O‘QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI: OIGNON (Piyoz) MODELI ASOSIDA NAZARIY VA AMALIY TAHLILI’, Қўқон университети хабарномаси, 13, 225-229. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1062
BibTeX
@article{gulomovamaftunaxon2024,
  title = {O‘QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI: OIGNON (Piyoz) MODELI ASOSIDA NAZARIY VA AMALIY TAHLILI},
  author = {G‘ulomova, Maftunaxon},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2024},
  volume = {13},
  pages = {225-229},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1062}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari