HAMID OLIMJON TALQINIDA ALISHER NAVOIYNING INSONIYLIK FAZILATLARI

Muxlisa, Xudoyberdiyeva

Science time · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada taniqli adabiyotshunos olim Hamid Olimjonning ilmiy-tanqidiy qarashlari asosida mutafakkir Alisher Navoiy shaxsiyati va ijodidagi insoniylik, gumanizm, sahovat hamda vafo kabi yuksak axloqiy fazilatlarning yoritilishi tadqiq etiladi. Tadqiqotda Alisher Navoiy ijodidagi yuksak gumanistik umumlashmalarning uning real hayotiy amallari bilan uyg‘unligi o‘sha davr tarixiy manbalari prizmasida ochib berilgan. Maqolada Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro”, G‘iyosiddin Xondamirning “Makorim ul-axloq” hamda Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarlari tahlili orqali ulug‘ shoirning insonparvarlik qiyofasi matniy va qiyosiy usullarda ilmiy asoslab berilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMuxlisa, Xudoyberdiyeva
JurnalScience time
Nashr sanasi2026-05-15
Jild4
Son5/1
Betlar343-348
TilIngliz
DOI10.66345/stj.v4i5/1.6190

Kalit so‘zlar

Alisher Navoiy, Hamid Olimjon, insoniylik fazilatlari, gumanizm, sahovat, vafo, Makorim ul-axloq, Tazkirat ush-shuaro, Mahbub ul-qulub, komil inson, so‘z va amal birligi.

Ilmiy soha

Science time jurnalidan boshqa maqolalar

Science time — barcha maqolalar