Hiqildoqning o‘smasimon kasalliklarida morfologik tekshirish usullari

Rasulova N.Sh.

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии · 2026-yil

Annotatsiya

Ovoz apparati kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni davolash va uning buzilishlarining oldini olish zamonaviy otorinolaringologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Turli mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu patologiyaning uchrash darajasi 6 foizdan 43 foizgachani tashkil etadi.Hiqildoq – o‘smasimon hosilalar, xavfsiz va xavfli o‘smalarning eng ko‘p uchraydigan joylaridan biri bo‘lib, ular katta xilma-xilligi bilan ajralib turadi. LOR a’zolari o‘smalari orasida hiqildoqning zararlanishi ham mutlaq soni, ham solishtirma salmog‘i (50-70 %) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Bunga sabab, hiqildoqning o‘sma jarayonlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi turli ta’sirlovchi omillarga ko‘proq duchor bo‘lishidir. Bularga kasbiy zararli omillar, jumladan, ovozning zo‘riqishi, chekish, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish, surunkali yallig‘lanish kasalliklari hamda turli endokrin va neyrovegetativ buzilishlar kiradi. Mazkur patogen omillar asosan xavfsiz o‘smalarning paydo bo‘lishiga olib keladi va bunday o‘smalar hiqildoqning xavfli o‘smalariga qaraganda ancha ko‘p uchraydi. Biroq xavfsiz o‘smalarning xavfi shundaki, ularning ayrimlari samarali profilaktika bo‘lmasa, o‘simtaoldi shakllariga o‘tib, keyinchalik xavfli o‘smaga aylanishi mumkin. Hiqildoq kasalliklarining eng ko‘p uchraydigan guruhini tashkil etuvchi xavfsiz o‘smalar va o‘smasimon hosilalar mehnat qobiliyatini buzuvchi yaqqol funksional o‘zgarishlarga olib kelishi, o‘z vaqtida davolanmasa, hatto bemorlarning o‘limiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Hiqildoqning xavfsiz o‘smalari ko‘pincha ovozning uzoq vaqt buzilishi bilan kechadi. Bu esa vokal-nutq kasblari vakillarida mehnat qobiliyatining turg‘un yo‘qolishiga, hattoki kasbga yaroqsizlik va nogironlikka ham olib keladi, bu esa mazkur muammoning tibbiy-ijtimoiy ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRasulova N.Sh.
JurnalВестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии
NashriyotАссоциация Пульмонологов Центральной Азии
ISSN2181-4988
Nashr sanasi2026-05-18
Jild19
Son14
Betlar20-28
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

hiqildoqning xavfsiz o‘smalari, ovoz boylamidagi tuguncha, ovoz boylamidagi polip, ovoz boylamidagi kista.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APARasulova N.Sh. (2026). HIQILDOQNING O‘SMASIMON KASALLIKLARIDA MORFOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI. Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 19(14), 20-28. https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/4923
GOST (OAK)Rasulova N.Sh. HIQILDOQNING O‘SMASIMON KASALLIKLARIDA MORFOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI // Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии. – 2026. – T. 19, № 14. – B. 20-28.
MLARasulova N.Sh. “HIQILDOQNING O‘SMASIMON KASALLIKLARIDA MORFOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI.” Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 19(14), 20-28, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/4923
ChicagoRasulova N.Sh. “HIQILDOQNING O‘SMASIMON KASALLIKLARIDA MORFOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI.” Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 19(14), 20-28 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/4923
HarvardRasulova N.Sh (2026) ‘HIQILDOQNING O‘SMASIMON KASALLIKLARIDA MORFOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI’, Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии, 19(14), 20-28. https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/4923
BibTeX
@article{rasulovansh2026,
  title = {HIQILDOQNING O‘SMASIMON KASALLIKLARIDA MORFOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI},
  author = {Rasulova N.Sh.},
  journal = {Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии},
  year = {2026},
  volume = {19},
  number = {14},
  pages = {20-28},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/bapca/article/view/4923}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии jurnalidan boshqa maqolalar

Вестник Ассоциации пульмонологов Центральной Азии — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Rasulova N.Sh. — boshqa maqolalari

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari