SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMNI AMALGA OSHIRISHDA INTELLEKTUAL TIZIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH

Аbdullаyеv , Bοtir Bаxtiyοr ο‘g‘li

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2025-yil

Annotatsiya

Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim zamonaviy ta'lim jarayonida markaziy o‘rin egallaydi. Ushbu yondashuvda ta'lim jarayoni o‘quvchining individual qobiliyatlari, qiziqishlari va ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi. Intellektual tizimlar ushbu jarayonni yanada samarali amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Sun’iy intellekt asosidagi tizimlar o‘quvchilar uchun individual ta'lim yo‘llarini aniqlash, bilim darajasini monitoring qilish, hamda moslashtirilgan topshiriqlarni yaratish imkonini beradi. Shuningdek, ular o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini boshqarishda yordam beruvchi ko‘rsatkichlar va tahlillarni taqdim etadi. Ushbu texnologiyalar ta'lim jarayonining moslashuvchanligini oshiradi va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini yaxshilaydi. Mazkur vositalarning amaliyoti o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va muammolarni hal qilishda yangi usullardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarАbdullаyеv , Bοtir Bаxtiyοr ο‘g‘li
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2025-02-27
Jild5
Son1
Betlar65-73
TilO‘zbek
DOI10.70728/kspi.v5i1.235

Kalit so‘zlar

Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim, intellektual tizimlar, sun’iy intellekt, moslashtirilgan ta'lim, tanqidiy fikrlash, bilim monitoringi, individual yondashuv, ta'lim texnologiyalari, pedagogik innovatsiyalar, o‘zini o‘zi rivojlantirish.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar