Мақолада телевидение сухандонининг касбий маҳорати нутқ техникаси, овоз имкониятлари, талаффуз, интонация, нутқ суръати ва экран орқали аудитория билан мулоқот ўрнатиш хусусиятлари асосида таҳлил қилинади. Телевизион нутқ оддий матн ўқиш жараёни эмас, балки ахборот мазмунини овоз, пауза, урғу ва ҳиссий оҳанг воситасида томошабинга етказишга қаратилган мураккаб ижодий фаолият экани асосланади. Тадқиқотда кузатиш, қиёсий таҳлил, аудиовизуал таҳлил ва тавсифлаш усулларидан фойдаланилди. Таҳлил натижалари сухандон нутқининг таъсирчанлиги фақат дикциянинг равонлигига эмас, балки матн мазмунига мос интонацион ечим, табиий нутқ суръати ва маъновий паузалардан ўринли фойдаланишга ҳам боғлиқлигини кўрсатди. Шунингдек, замонавий телевидениеда расмий дикторлик услубидан томошабин билан бевосита мулоқотга яқин бўлган табиий нутқ услубига ўтиш жараёни кузатилаётгани қайд этилади.
| Mualliflar | Маханбетова, Дильноза |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashr sanasi | 2026-08-10 |
| Jild | 8 |
| Son | 07. |
| Betlar | 1285-1289 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.70728/c.series.san.v08.i07.004 |
DOI: 10.70728/c.series.san.v08.i07.004 · Maqolaning asl sahifasi
телевидение, сухандон, нутқ маҳорати, экран нутқи, интонация, дикция, овоз, пауза, нутқ суръати, телетомошабин.
O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodiyotining eng murakkab va serqirra yo‘nalishlaridan biri hisoblangan baxshichilik san’ati shunchaki adabiy hodisa emas, balki milliy o‘zlikni anglashning sinkretik shakli, xalqning tarixiy…
Maqolada o‘zbek estrada musiqasining janr-uslubiy tizimi tarixiy shakllanishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Tarixiy- musiqashunoslik, qiyosiy-uslubiy hamda madaniyatshunoslik yondashuvlari…
Ushbu maqolada o‘zbek dostonchilik san’atining hududiy-uslubiy xususiyatlari va dostonchilik maktablarining tipologik tasnifi tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida Bulung‘ur, Qo‘rg‘on, Sherobod va Xorazm kabi yirik…
Ushbu maqolada milliy qadriyatlarni, xalqning madaniy-tarixiy merosini o'sib kelayotgan yosh avlod shuuriga singdirishda tasviriy san'atning o'rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tasviriy san'at…
Mazkur maqоlada Yangi O‘zbekistonda estrada san’atining yоshlar tarbiyasi, ma’naviy dunyоqarashi va axlоqiy qarashlariga kо‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Estrada musiqasining zamоnaviy shakllari, uning ijоbiy va…
Ushbu maqolada qoraqalpog‘iston kompozitorlari fortepiano musiqasining shakllanishi va rivojlanishiga hissa qo‘shib, unga mahalliy madaniyat va an’analar elementlarini olib kirdilar, shuningdek, musiqachilarning kasbiy…
Mazkur maqolada naqsh san’ati elementlarining shakllanish jarayonida diniy tasavvurlar va diniy-falsafiy qarashlarning ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shamanizm, totemizm va animizm kabi…
Ushbu maqolada yengil atletikachilar (ayniqsa, yuguruvchilar, sakrovchilar) mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarida eng ko‘p shikastlanadigan tizza va tovon (oshiq-to‘piq) bo‘g‘imlari jarohatlarining yuzaga kelish…
This thesis examines the basics of the theory and practice of the repair of watercolor and tempera paintings in connection with the tasks of special scientific works. The thesis contains methodological recommendations…
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining o‘rta sinf o‘quvchilarida jismoniy tarbiya darslari jarayonida yengil atletika elementlaridan tizimli foydalanish orqali sog‘lom turmush tarzini (STT) shakllantirishning…