Intakt va qandli diabet bilan kasallangan kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar ingichka ichagi devori qon tomir to‘qima tuzilmalarining postnatal morfogenezi (eksperimental tadqiqot)

Rasbergenov, Allambergan Allamjarovich, Adilbekova, Dilorom Baxtiyarovna

Ёш олимлар тиббиёт журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Eksperimental tadqiqotlarda оlingan natijalar ko‘rsatdiki, qandli diabet bilan kasallangan urg‘ochi kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda ichak morfologiyasida sezilarli o‘zgarishlar mavjudligini ko‘rsatadi. Postnatal ontogenezning ilk davrlarida ingichka ichak devori struktur komponentlarida yallig‘lanish reaktiv o‘zgarishlar, mononuklear hujayralar bilan infiltratsiyalanish, distrofik jarayonlar kuzatildi. Kechki davrlarda esa shilliq va mushak qavatlari qalinligining pasayishi, kriptlar balandligining pasayishi, epiteliy hujayralari sonining kamayishi, qon tomirlari va limfa tugunlari zichligining pasayishi jarayonlari kuzatildi. Bu jarayonlar barchasi bolaning xomilaki davrlarida organizmdagi giperglikemiya, anomal muhit ta’sirida rivojlanganligining asoratlari oqibatlari va onaning giperglikemiyasi ta'sirida gistogenezning buzilishi bilan bog‘liq. Bu hujayralarning proliferativ faolligining pasayishiga, ichakning so‘rilish jarayonlarining pasayishiga va yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanish xavfini oshirishga olib kelаdi. Hujayralar sonining kamayishi shilliq qavatning sekretor funksiyasi buzilganligini ko‘rsatadi. Epiteliya hujayralari shilliq qavatni himoya qilishda asosiy rol o‘ynaydi va ularning kamayishi ichak to‘sig‘ining o‘tkazuvchanligini oshirishga olib kelishi mumkin. Shilliq osti qavatidagi qon tomirlari va limfoid tugunlari zichligining pasayishi ingichka ichakning qon ta'minoti va immun funktsiyasining buzilishini ko‘rsatadi. Bu giperglikemiya ta'sirida buzilgan angiogenez va limfopoez bilan bog‘liq bo‘lаdi. Giperglikemiya kollagen va elastin kabi strukturaviy oqsillar sintezining buzilishiga olib keladi, bu esa qon tomirlar mustahkamligi va elastikligining pasayishiga, shuningdek DNK metilatsiyasining o‘zgarishiga olib keladi, bu esa gistogenez va hujayra differentsiatsiyasini tartibga soluvchi genlar ekspressiyasining buzilishiga olib keladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRasbergenov, Allambergan Allamjarovich, Adilbekova, Dilorom Baxtiyarovna
JurnalЁш олимлар тиббиёт журнали
NashriyotТошкент тиббиёт академияси
ISSN2181-3485
Nashr sanasi2025-06-05
Son14
Betlar89-94
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

eksperimental qandli diabet, ingichka ichak, postnatal ontogenez, morfologiya, qon tomir to‘qima tuzilmalari.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APARasbergenov, Allambergan Allamjarovich, & Adilbekova, Dilorom Baxtiyarovna (2025). INTAKT VA QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN KALAMUSHLARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR INGICHKA ICHAGI DEVORI QON TOMIR TO‘QIMA TUZILMALARINING POSTNATAL MORFOGENEZI (EKSPERIMENTAL TADQIQOT). Ёш олимлар тиббиёт журнали, (14), 89-94. https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/1773
GOST (OAK)Rasbergenov, Allambergan Allamjarovich, Adilbekova, Dilorom Baxtiyarovna INTAKT VA QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN KALAMUSHLARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR INGICHKA ICHAGI DEVORI QON TOMIR TO‘QIMA TUZILMALARINING POSTNATAL MORFOGENEZI (EKSPERIMENTAL TADQIQOT) // Ёш олимлар тиббиёт журнали. – 2025. – № 14. – B. 89-94.
MLARasbergenov, Allambergan Allamjarovich, and Adilbekova, Dilorom Baxtiyarovna. “INTAKT VA QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN KALAMUSHLARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR INGICHKA ICHAGI DEVORI QON TOMIR TO‘QIMA TUZILMALARINING POSTNATAL MORFOGENEZI (EKSPERIMENTAL TADQIQOT).” Ёш олимлар тиббиёт журнали, (14), 89-94, 2025. https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/1773
ChicagoRasbergenov, Allambergan Allamjarovich, and Adilbekova, Dilorom Baxtiyarovna. “INTAKT VA QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN KALAMUSHLARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR INGICHKA ICHAGI DEVORI QON TOMIR TO‘QIMA TUZILMALARINING POSTNATAL MORFOGENEZI (EKSPERIMENTAL TADQIQOT).” Ёш олимлар тиббиёт журнали, (14), 89-94 (2025). https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/1773
HarvardRasbergenov, Allambergan Allamjarovich, and Adilbekova, Dilorom Baxtiyarovna (2025) ‘INTAKT VA QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN KALAMUSHLARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR INGICHKA ICHAGI DEVORI QON TOMIR TO‘QIMA TUZILMALARINING POSTNATAL MORFOGENEZI (EKSPERIMENTAL TADQIQOT)’, Ёш олимлар тиббиёт журнали, (14), 89-94. https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/1773
BibTeX
@article{rasbergenovallamberganallamjarovich2025,
  title = {INTAKT VA QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN KALAMUSHLARDAN TUG‘ILGAN AVLODLAR INGICHKA ICHAGI DEVORI QON TOMIR TO‘QIMA TUZILMALARINING POSTNATAL MORFOGENEZI (EKSPERIMENTAL TADQIQOT)},
  author = {Rasbergenov, Allambergan Allamjarovich and Adilbekova, Dilorom Baxtiyarovna},
  journal = {Ёш олимлар тиббиёт журнали},
  year = {2025},
  number = {14},
  pages = {89-94},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/yotj/article/view/1773}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Ёш олимлар тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Ёш олимлар тиббиёт журнали — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari