ROSSIYA BOSQINIDAN KEYIN XIVA XONLARI SULOLASI VAKILLARINING IJODIY FAOLIYATI VA TAQDIRI

Nazokat, Axmedova Farhod qizi

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Rossiya bosqinidan (1873-yil) keyin Xiva xonlari (Qoʻngʻirotlar sulolasi) ijodiy faoliyati asosan madaniy-maʼrifiy sohalarga yoʻnaltirildi. Muhammad Rahimxon II (Feruz) rahbarligida Xivada adabiy muhit rivojlandi, sheʼriyat, tarixnavislik va xattotlik sanʼati qoʻllab-quvvatlandi. Xon avlodidan yigirmaga yaqin ijodkorlar yetishib chiqdi. Kalit soʼzlar: tarixnavislik va xattotlik, adabiyot, xon avlodlari, sheʼriyat, devon. Muhammad Rahimxon II siyosiy faoliyati bilan bir qatorda: saroy atrofida shoir va olimlarni jamlab, Xivada kuchli adabiy muhit shakllantirgan. Mushoiralar, adabiy majlislar muntazam oʻtkazib, oʻzbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga katta hissa qoʻshilishiga sabab boʻlgan xorazm adabiy muhiti gullab-yashnagan. Saroyda sheʼriyat kechalari, mushoiralar tez- tez oʻtkazib turilgan, sheʼriy kitobxonlik siyosat darajasiga koʻtarilgan. Xon va uning avlodlari madrasalar va kitobxonlikni qoʻllab-quvvatlab, ilm-fanga eʼtibor berganlar. Xon avlodlari oʻzbek va fors tillarida sheʼrlar bitib, maʼrifatparvarlik ishlarini davom ettirishdi. Tazkiranavis shoir Laffasiyning “Tazkirayi shuaro” asarida Muhammad Rahimxon II, uning amakivachchalari Bayoniy, Xusrav, ukalari Murodiy, Komyob, oʻgʻli Farrux, jiyanlari Oqil, Sodiqiy, nabiralari Sultoniy, Gʻoziy, Saʼdiy, Asad kabi shoirlarning hayoti, ijodi hamda gʻazallaridan namunalar keltirilgan. Asarda keltirilishicha, hatto xon oʻz yaqinlarining ijodiga qiziqqan, ularning tarbiyasi va taʼlim olishi uchun maxsus kishilarni tayinlagan[1, b.88]. XIX asrning ikkinchi yarmida xon topshirigʻi bilan shahzoda va shoirlar ijodiga xon saroyida alohida eʼtibor qaratilgan, “Haft shuaro” nomli toʻplam tuzilgan. Haft shuaro -XX asr Xorazm adabiy muhitida hamda oʻsha davrdagi madaniy koʻtarilish, maʼrifat tarqatish va kitobxonlikni kengaytirish zaruriyati tufayli xonning topshirigʻi va rahnomoligida maydonga kelgan hamda shahzoda shoirlar sheʼrlarini qamrab olgan[2]. Oʼzbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida P.N.909 - V inventor raqamli “Devoni Sultoniy, Devoni Saʼdiy, Devoni Sodiq, Devoni Gʻoziy, Devoni Asad” kabi devonlardan tashkil topgan sheʼriy majmualar saqlanadi. Majmua “Haft shuaro” singari alohida nomlanmagan. “Haft shuʼaro-yi Feruzshohiy” 1906-yilda Xiva saroy toshbosmasida nashr etilgan[3]. “Haft shuʼaro-yi Feruz-shohi” (Shoh Feruz atrofidagi yetti shoir) bu hukmdorning oʻzi uchramagan yagona antologiyasi boʻlib, unda yetti nafar shahzoda shoir – Muhammad Rahimxonning farzandlari, nabiralari va jiyanlarining sheʼrlari jamlangan. Bu antologiyani tuzishda temuriylar davri shoirlarining sheʼrlar toʻplami Alisher Navoiyning “Majolis an-nafois” (“Goʻzal majlislar”) asosiy namuna vazifasi bajargan. Muhammad Rahimxon II oʻz farzandlari, nabiralari, jiyanlari xuddi Temur avlodlari singari sheʼr yoza olishini aytmoqchi boʻlgan. Darhaqiqat, temuriylardan keyin eng koʻp shoir-shahzodalar aynan uning hukmronligi davrida paydo boʻlgan[4]. Muhammad Rahimxon II oʻz saroyida oʻrta asr adabiy muhiti vakillarining sanʼatkorligini koʻrishni xohlagan. Ayniqsa, “Ajab zamone hukmdori” (“Boburnoma”dan) boʻlgan Husayn Boyqaro davridagi adabiy muhitni Xivada namoyon boʻlishini istagani maʼlum. Shu sababdan ham xon saroyining tazkiranavis shoiri Ahmad Tabibiyning “bularga Navoiy ijodi xuddi mayoqdek, ular shunga intiladilar, lekin hech biri Navoiy badiiyatiga yetisha olmaydi”, degan taʼrifini eslash kifoya boʻladi. Rossiya bosqinidan keyingi davrda xonlik vakillari ijodi va madaniy faoliyati, siyosiy mustaqillik yoʻqolgan boʻlsa-da, xalqning madaniy merosini saqlab qolish va rivojlantirishga xizmat qilgan. 1920-yilda Xiva xonligi tugatilib, soʻnggi xon Sayid Abdullaxon taxtdan agʻdarildi. Shundan keyin: ayrim sulola vakillari surgun qilindi, boshqalari yangi tuzum sharoitida oddiy hayot kechirgan. Saroy shoirlari rahbari Bobojon Tarroh “Xorazm navozandalari” asarida surgun qilingan oʼn toʼraning roʼyxatini keltirgan: Said Abdullaxon toʼra, Muhammadyor toʼra, Ibodulla toʼra, Nosir toʼra, Muhammad Yoqub toʼra, Saʼdulla toʼra, Abdurasul toʼra, Said toʼra, Hoji toʼra, Rahmatullo toʼra[5, b.33]. Bu toʼralar orasida Nosir toʼra ham surgun qilingan va uning keyingi taqdiri noʻmalum. Bobojon Tarroh Xodim XIX asr oxiri –XX asr boshlaridagi Xorazm adabiy muhitining yetuk vakillaridan biri boʻlib, u nafaqat shoir, balki xattot, tazkirachi va adabiy jarayonning faol ishtirokchisi sifatida ham muhim oʻrin tutadi. Uning ijodi va faoliyati hududiy adabiy muhitning uzluksizligi, ustoz-shogird anʼanalarining davomiyligi hamda saroy adabiy muhitining murakkab badiiy tizimini yoritishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi. Bobojon Tarroh 1920-yil siyosiy boʻhronlarini yaʼni saroyga bostirib kirgan bolsheviklarni saroy shoirlaridan Chokarni, Bobojon Tarrohni, Bolta Niyoz devonni, Matyaqub Xarrotni otishga qaror etib turganlarida ularni Jumaniyoz Sultonmurodov qutqarib qolgani haqida yozgan. Oʻsha 1920-yil xalq boshiga tushgan falokatli voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan. Bobojon Tarroh otib tashlangan inqilobchilarni aynan Nadimiy – Bolta Niyoz devon, Komiljon Devoniyni, juda koʻp saroy mulozimlarini oʻz koʻzi bilan koʻrgan. Ayniqsa “Ichan Qalʼa” dagi ajal minorasi tepasidan tiriklay tashlab yuborilgan tengdoshlarini guvohi ham boʻlgan. Bundan tashqari Xodim 1924-yildagi Davlat milliy chegaralanishidan keyin tirik qolgan barcha mulozimlar Xivadan bosh olib turli oʻlkalarga qochib ketganliklari haqida yozgan. Shoirning oʻzi ham 10 yil Toʻrtkoʻl tomonga qochib ketadi va Xivaga 1934-yilda qaytib keladi. U 1937-yil oktyabr oyida bir kunning oʻzida qamoqqa olingan toʻqqiz hamkasbini koʻrib, oʻsha kuniyoq Toshkentga qochadi, toʻqqiz kishi Bobojon Tarrohning eng qadrdan doʻstlari edi: 1. Xudaybergan Devonov 2. Safo Mugʻanniy 3. Komil Devoniy 4. Turdi Qoriy Bekjonov. 5. Abduqodir Asqarov 6. Poʻlot Matjonov 7. Muhammadjon Abdalov 8.Matyaqub devon Xarrotov 9. Ahmadjon Mahmudovlar edilar. Bobojon Tarroh Toshkentda muzeylarda kassir, kasaba uyushmasida kotib boʻlib Chokar – Matyusuf Xarrotov bilan birga yashirinib yashadilar. Ularni ikkalasi ham rus tilini yaxshi bilganlar. 1943-yil. Bobojon Tarroh va Matyusuf Xarrotovlarning ikkinchi jahon urushiga ketgan oʻgʻillaridan qora xat kelgan. Natijada Bobojon Tarroh yetti yildan keyin Xorazmga kelib oʻgʻlining motom kunlarida urf odatga muvofiq ish tutgan. Xon avlodlari Ukraina, Sibir va Oʻsh kabi hududlarda qolib ketgan. Jumladan xonning Ukrainada qolib ketgan qarindoshlari haqida Feruzning chevarasi, Isfandiyorxonning nevarasi Sayyida ona xotiralarida quyidagilar yozib qoldirilgan: “Feruz buvamning Sayyid Abdullaxon, Ibodulla toʻra kabi oʻgʻillari, Nosir toʻra ismli nevarasi xotin, bolalari bilan, Abdurasul toʻra ukrainalik xotini va qizlari bilan Ukrainada qolib ketdilar. Afsuski, Abdurasul toʻra 1992- yilning yozida vafot etdi. Oʻgʻlim Azimbek, Sayyidnazar toʻraning oʻgʻli Hasanboylar bilan Krivoy Rogga borib, qarindoshlardan xabar olib keldilar. Feruzning nevarasi Sayyidnazar toʻra Oʻshda qolib ketgan” [6, b.213]. Bundan tashqari, Davlatyor Rahim va Shixnazar Matrasullarning “Feruz” kitobida yozilishicha, surgundagi toʻralar bilan uchrashuv tashkil qilingan: - “Moskvadagi Markaziy yarmarkaga borish uchun Polvonniyoz hoji Yusupov rahbarligidagi sakkiz kishi 1922-yil 1-iyulda Xevadan yoʻlga chiqadi. Ular 14-iyulda Chorjoʻyga, 22-iyulda Toshkentga, 26-iyulda Moskvaga yetib boradilar. 2-avgust kuni Polvoniyoz hoji doʻsti Komiljon Hakimjonovning uyiga fotixaga boradi. Hayit arafasi boʻlgani uchun Hakimjonov Moskvadagi “Erdilka” turmasida yotgan Xiva xonining farzandlari Nosir toʻra, Muxammad Rizo toʻra va Sayyid toʻralarni ham mehmonga taklif etgan ekan. Toʻralar hibsxona mudiridan ruxsat olib, masjidda oʻqiladigan hayit namozida ishtirok etish uchun qorovullar nazorati ostida Komiljon akaning uyiga kirib keladilar” [7, b.213]. “Biz ularni koʻrib, oʻrnimizdan turib, quchoqlashib koʻrishdik, deb eslaydi Polvonniyoz hoji. Barchaning koʻzida quvonch va hijron yoshlari. Toʻralar bola-chaqalarining, qarindosh-urugʻlarining sogʻ-

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNazokat, Axmedova Farhod qizi
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-13
Jild8
Son6
Betlar1013-1016
TilIngliz
DOI10.70728/a.series.ijt.v08.i06.016

Kalit so‘zlar

tarixnavislik va xattotlik, adabiyot, xon avlodlari, sheʼriyat, devon

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar