Ushbu tadqiqotda qalampirmunchoq (Syzygium aromaticum L.) ekstraktlarining fenolik tarkibi va antiradikal faolligi baholandi. Suvli va 96 % li etanol ekstraktlari tayyorlanib, ularning antiradikal faolligi 2,2-difenil-1-pikrilgidrazil (DPPH) testi yordamida aniqlandi. Fenol birikmalar yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC) yordamida identifikatsiya qilindi. Suvli ekstraktning IC₅₀ qiymati 87,92 ± 2,72 mkl, spirtli ekstraktniki esa 75,68 ± 3,30 mkl bo‘lib, spirtli ekstrakt yuqoriroq antiradikal faollik namoyon qildi. HPLC tahlili natijasida gal kislota (79,95 ± 1,32 mg/L), rutin (4,83 ± 0,25 mg/L), kversetin (1,88 ± 0,14 mg/L), apigenin (1,38 ± 0,13 mg/L) va salitsil kislota (0,30 ± 0,02 mg/L) aniqlangan. Olingan natijalar qalampirmunchoq ekstraktlarining fenol birikmalarga boyligini va yuqori antiradikal faollikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa uni tabiiy antioksidant manbai sifatida biologik faol qo‘shimchalar, fitopreparatlar va funksional oziq-ovqatlar ishlab chiqarishda istiqbolli xomashyo sifatida qo‘llash imkonini beradi.
| Mualliflar | Asqarov, I.R., Kimsanova, G.S. |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар |
| Nashr sanasi | 2026-07-13 |
| Jild | 8 |
| Son | 6 |
| Betlar | 709-718 |
| Til | Ingliz |
| DOI | 10.70728/a.series.tab.v08.i06.099 |
DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i06.099 · Maqolaning asl sahifasi
qalampirmunchoq, fenol birikmalar, antiradikal faollik, DPPH, YuSSX.
Maqolada mana shu sohada olib borilgan ilmiy izlanishlar o’rganildi va tahlil qilindi. Shu jumladan mahalliy amarant navlarining kunjarasi tarkibidagi pektin moddasining molekulyar massasini va qovushqoqligini aniqlash…
Maqolada Koreya qirraqorinining (Hemiculter leucisculus) morfologik belgilarining o‘zgaruvchanligi va reproduktiv qobiliyatini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqot materiali sifatida 2025-yilning mart-aprel…
Ushbu maqolada Arvaten koni serpentinit rudasini nitrat kislotaning turli konsentratsiyalarida parchalanish tadqiqotlari olib borilgan. Parchalanishdan olindan erimaydigon kremniyli qoldiq hamda filtrat tarkibi…
Ushbu maqola zamonaviy genetika va genomika fanlarining irsiy kasalliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish mexanizmlarini o‘rganish va oldini olishdagi ahamiyatini yoritadi. Molekulyar diagnostika, gen tahlillari va…
Maqolada paxta matolari sirtiga polivinilspirti (PVS), toluilen-2,4- diizotsianat (TDI) va rux(II) atsetat asosida hosil qilingan azot–rux(II) organik kompleksi yordamida ko‘p funksional qoplama hosil qilishning ikki…
Suvni tozalash uchun mo‘ljallangan polifunksional nanokompozit sorbentlarning sintezi, tuzilishi va adsorbsion xossalari o‘rganildi. Hozirgi kunda sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligi va maishiy faoliyat natijasida suv…
Ushbu tadqiqotda 3 %li kaliy gidroksid (KOH) eritmasi yordamida mikroto'lqinli ishlov berilgan ipak fibroinining strukturaviy o’zgarishi tizimli ravishda o'rganildi.Strukturaviy modifikatsiyalar rentgen difraksiyasi…
Hozirgi kunda atmosfera havosining ifloslanishi global ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yirik shaharlarda avtomobil transporti asosiy ifloslantiruvchi manba sifatida ajralib turadi. Avtomobillardan…
Maqolada Orolqum hududida uchraydigan ayrim qush turlarining bioekologik xususiyatlari va tarqalishi o‘rganilgan. Tadqiqotlarda qirg‘ovul, suv bulduruq, qizil g‘oz, bigiztumshuq, katta qoravoy, oq dumli suvburgut va…
Ҳосилдорликни ошириш учун ўз вақтида экиш, меъёрдаги уруғлар, ерни яхши тайёрлаш ва бегона ўтларга қарши кураш талаб этилади. Нўхат ҳосилдорлигини лалмикор майдонларда ошириш учун ташқи омилларнинг тизимли таъсири…