CsF/TBACl/TGF KATALITIK SISTEMASI ISHTIROKIDA AROMATIK ATSETILEN SPIRTLARI SINTEZI

Ziyadullayev, M.E, Nurmanov, S.E, Suyunov, S.A, G'aniyev, P.X, Alimova, Nodirabegim Abdullaziz qizi

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot ishida benzaldegid va uning ayrim R-almashgan hosilalari fenilatsetilen bilan o‘zaro nukleofil birikishi asosida bir qator aromatik atsetilen spirtlarini CsF/TBACl/TGF ishtirokida sintezi amalga oshirilgan. Atsetilen spirtlarini katalitik usullarda sintez qilish reaksiya bosqichlari va mexanizmi taklif etilgan, jarayonlar uchun eng muqobil sharoitlar hamda erituvchi, katalizator hamda hosil bo‘ladigan oraliq birikmalarning reaksiya tezligiga va faollanish energiyasiga ta’siri hamda optimal sharoitlari matematik modellashtirish usuli yordamida o‘rganilgan. Aldegidlar tabiatining reaksiya borishi va mahsulot unumiga ta’sir qilish qonuniyatlari, atsetilen spirtlarini hosil bo‘lishiga benzaldegid va uning R-almashgan hosilalarini reaksion qobiliyati aniqlangan. Olingan natijalar asosida aldegidlarning nisbiy samaradorlik qatori ishlab chiqilgan. Sintez qilingan birikmalarning ayrim xususiy kattaliklari va spektroskopik identifikatsiya natijalari keltirilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarZiyadullayev, M.E, Nurmanov, S.E, Suyunov, S.A, G'aniyev, P.X, Alimova, Nodirabegim Abdullaziz qizi
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-13
Jild8
Son6
Betlar488-499
TilIngliz
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i06.067

Kalit so‘zlar

fenilatsetilen, aldegidlar, katalizator tabiati, aromatik atsetilen spirtlari, mahsulot unumi, spektroskopiya usullari.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar