TASVIRIY SAN'AT TA'LIMI: ESKI DARSLIKLARNING AKADEMIK POYDEVORI HAMDA YANGI DARSLIKLARDAGI KREATIVLIK QIYOSI

Fazliddin, Berdiyev, Sevinch, Zoirboyeva

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanidan darslik yaratish hamda undan foydalanishda amal qilinadigan o‘qitish metodikasining evolyutsion bosqichlari, xususan, 2022-yilgacha amalda bo‘lgan darsliklar bilan yangi avlod darsliklarining qiyosiy tahliliga oid mulohazalar bayon etilngan. Shuningdek, maqolada eski darsliklardagi fundamental akademik bilimlar, qat’iy texnik qoidalar va san’at tarixini o‘rgatishga qaratilgan metodik tizimning ijobiy jihatlari, yangi avlod darsliklarida qo‘llanilgan innovatsion yondashuvlar - o‘quvchining kreativ tafakkurini rivojlantirish, raqamli texnologiyaga asoslangan resurslardan foydalanish, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan kompetensiyaviy bog‘lash masalalari yoritilgan. Qiyosiy tahlil natijasiga asoslangan holda, yangi darsliklar o‘quvchining fan bo‘yicha qiziqishini oshirishda yuqoriroq samaradorlikka ega bo‘lsa-da, akademik poydevorni saqlab qolishda an’anaviy metodikadan ham unumli foydalanish zarurligi haqidagi mulohazalar keltirilgan. Maqola yakunida tasviriy san’at darsliklarini takomillashtirish va o‘qitish sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amaliy taklif hamda tavsiyalar keltirilgan. Tayanch so‘zlar: tasviriy san’at, akademik metodika, yangi avlod darsliklari, kreativ tafakkur, qiyosiy tahlil, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik innovatsiya, vizual savodxonlik, badiiy ta’lim.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarFazliddin, Berdiyev, Sevinch, Zoirboyeva
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-13
Jild8
Son5.
Betlar1032-1037
TilIngliz
DOI10.70728/c.series.ped.v08.i05.162

Kalit so‘zlar

fine arts, academic methodology, new generation textbooks, creative thinking, comparative analysis, competency-based approach, pedagogical innovation, visual literacy, art education.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar