BUYRAK ISHEMIYASINING OʻTKIR VA SURUNKALI KECHISHIDA QONDA ADRENALIN VA KORTIZOL KONSENTRATSIYASI OʻZGARISHLARINING DINAMIKASI

Arsenova M.A., Irisqulov B.U., Axmedova D.B.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda buyrak ishemiyasi sharoitida adrenalin va kortizol darajalaridagi oʻzgarishlarning dinamikasi oʻrganildi. Eksperimentlar natijasida ishemiyaga ta'sir qilish qonda adrenalin va kortizol miqdorining sezilarli darajada oshishiga, keyinchalik esa ularning darajalarining barqarorlanishiga olib kelishini aniqladi. Ushbu oʻzgarishlar simpatoadrenal tizim va gipotalamus-gipofiz-boʻyrak usti bezlari mehvarining faollashuvini aks ettiradi va organizmning uzoq muddatli stressga adaptatsiya qilishga urinishini koʻrsatadi. Tadqiqot natijalari, buyrak ishemiyasining patofiziologik va fiziologik jarayonlarini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi va samarali diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan muhim ma'lumotlarni taqdim etadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarArsenova M.A., Irisqulov B.U., Axmedova D.B.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2025-06-11
Son22
Betlar163-166
TilRus

Kalit so‘zlar

buyrak ishemiyasi, adrenalin, kortizol, simpatoadrenal tizim, gipotalamus-gipofiz-boʻyrak usti bezi, gormonal adaptatsiya, endokrin reaksiya.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar