ENDOKRIN OFTALMOPATIYADA KO‘Z OLMASINING MORFOMETRIK O‘ZGARISHLARINI BAHOLASH

Yuldashov , Sarvarxon Akmaljon

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2024-yil

Annotatsiya

Tadqiqot maqsadi: Tireotoksikoz fonida endokrin oftalmopatiya kuzatilgan bemorlarda optik kogerent tomografiya (OKT) yordamida ko‘z olmasining qon tomirli qavati, to‘r parda va ko‘ruv nervi diskidagi morfometrik ko‘rsatkichlarni o‘rganish. Tadqiqot materiali va metodi: Klinik tadqiqot asosiy guruhini EOP kompensatsiya, subkompensatsiya va dekompensatsiya bosqichidagi 72 nafar (n=72 yoki 144 ta ko‘z) bemorlar tashkil qildi. Tadqiqot natijasi. OKT gorizontal tomogramma xulosalari bo‘yicha asosiy guruhda xorioidea qalinligi (XQ) nazorat guruhidagilarga nisbatan barcha 5 ta nuqtalar bo‘yicha qalinroqligi aniqlandi. Xulosa. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, klinik amaliyotda noinvaziv optik biopsiya metodidan tireoid assotsirlangan oftalmopatiyalarda morfometrik o‘zgarishlarni kuzatish va davolash samaradorligini dinamik baholash uchun indikator sifatida foydalanish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarYuldashov , Sarvarxon Akmaljon
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
Nashr sanasi2024-11-20
Son16
Betlar69-73
TilRus

Kalit so‘zlar

tireotoksikoz, endokrin oftalmopatiya, optik biopsiya, OKT- optik kogerent tomografiya, xorioidea qalinligi, makulyar shish, optik neyropatiya.

Ilmiy soha

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar